O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sultonov Yunusali

Sultonov YunusaliGeografiya  fanlari nomzodi, dotsent

     1933 yil 5 fevralda  Furqat tumanidagi Shuxay qishlog‘ida  tug‘ilgan. 26 -  o‘rta  maktabni  1947 yilda tamomlab, Qo‘qon pedagogika bilim  yurtiga  o‘qishga kirgan. 1951 yilda  ushbu bilim yurtini, 1956 yilda Farg‘ona  davlat pedagogika  institutini  tamomlagan. O‘zbekiston tumanidagi  14 -  o‘rta maktabda 1956 - 1960  yillargacha  geografiya  o‘qituvchisi  bo‘lib  ishladi. 1960 - 1961 yillarda  Farg‘ona  davlat pedagogika  institutining  geografiya   fakulteti  aspiranturasida tahsil oldi. 1965 yili  “Farg‘ona  vodiysi  landshaftlari” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1967 yilda esa unga  dotsentlik  ilmiy unvoni  berildi. 1971 - 1974 yillar  davomida   tarix - geografiya, 1986 - 1988 yillarda  tibbiyot -geografiya  fakulteti  dekani, 1975 - 1985 yillarda geogrfiya   kafedrasi    mudiri  lavozimlarida  faoliyat olib bordi.
    O‘tgan davr  mobaynida ilmiy va amaliy  ahamiyatga ega bo‘lgan “Farg‘ona  vodiysi   landshaftlari hududining   sug‘orilishi  natijasida  o‘zgarib borishi   va uni  tahlil qilish” mavzusidagi  tadqiqot ishlarini  olib bordi. 1974 yili  O‘zbekiston Fanlar akademiyasining  “Fan” nashriyoti uning “Suv va hayot” nomli risolasini nashr etdi. Yu.Sultonov  tomonidan  1981 - 1990 yillarda  tashkil etilgan   laboratoriyada  Farg‘ona vodiysidagi  sanoat chiqindilari  bilan   atmosferaning  ifloslanishini  o‘rganish  bo‘yicha tadqiqot  ishlari  olib borildi. Bu laboratoriya  rivojlanib,  “Atmosfera havosini  muhofaza qilish regional ilmiy – tadqiqot  instituti” ga aylandi.
    Yunusali Sultonov  geografiyaga  bag‘ishlangan ko‘plab xalqaro  anjumanlarning  qatnashchisi  bo‘lgan. 1975 yili Moskva shahrida o‘tkazilgan  XXIII  xalqaro  geografik  kongressda  qatnashib,  geoekologiyaning  hududiy  muammolari haqida   maruza qilgan . 1974 yilda uning “Farg‘ona  vodiysini  janubdan o‘rab turgan  tog‘larning  tabiati”  nomli ilmiy asari elon  qilindi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10