O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sultonova Mavluda

    Ilm  o‘rganishni igna  bilan  quduq qazishga qiyoslashadi. Ilm  yo‘liga  qadam  qo‘ygan  inson  ana shu  zahmatni  oldindan tazavvur etib, o‘zini  ruhan  tayyorlaydi.
    Mavluda Ahmedovna Sultonova ham hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga ana shunday ruhiy tayyorgarlik bilan keldi.
    Mavluda Sultonova 1949 yili Toshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ildi. Otasi Ahmadjon Sultonov IIBda faoliyat olib borgan, onasi Salima Sultonova, avval nashriyotda ishlagan, keyinchalik farzandlar tug‘ilib, ro‘zg‘or aravasi og‘irlashgach, uy bekasi sifatida o‘zini farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlagan.
    Mavluda Sultonova 1972 yilda universitetning geologiya fakulteti geoximiya bo‘limini muvaffaqiyatli tugatadi. Shu yiliyoq aspiranturaga o‘qishga kiradi. 1983 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fan nomzodi unvonga ega bo‘ladi.
    Katta ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent.
    Mavluda Sultonova ilmiy yuksalish pillapoyalarini bir - bir bosib, universitetning ilmiy kotibi lavozimigacha ko‘tarildi.
    1996 yildan buyon shu lavozimda faoliyat olib boradi. Turmush o‘rtog‘i Ismoil Mirrahimshayev bilan 4 nafar farzandni tarbiyalab, oliy ma’lumotli qilib, elga qo‘shgan. Ismoil aka ham yoshlik kuch - quvvatini elu xalq xizmatiga bag‘ishlagan inson. Farzandlarining har biri bugun osoyishta, farovon oila egasi.
    - 11 ta nabira, 10 ta evaramiz bor. Ularni boshqacha bir muhabbat bilan sevamiz. Hayot ular bilan avvalgidan  ham chiroyli, shirin tuyuladi. Shogirdlar kamolida olimligimning ikkinchi umri boshlangan bo‘lsa, nevara, evaralarim timsolida ayollik, onaligimning yangi bahorlarida yashayapman, - deydi Mavluda Sultonova.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5