O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sultonova Mavluda Ahmedovna

    Aytishlaricha , bir paytlar dunyoning barcha tashvishlari serviqor va baland tog‘lar zimmasiga yuklatilgan ekan. Lekin shunday bir payt kelibdiki, dunyo tashvishlarini ko‘tara olmagan o‘sha serviqor tog‘lar yemirila boshlabdi. Shundan so‘ng dunyoning barcha tashvishlarini yig‘ib, nozikkina ayol zimmasiga yuklashibdi. Buni qarangki, yuksak gog‘lar dosh berolmagan dunyo tashvishlarini nozikkina ayol osongina ko‘taribdi. Shundan buyon Ayol bir qo‘li bilan olamni, bir qo‘li bilan esa beshikni tebratarkan va bu ikki yelkasidagi mas’uliyatni u birdek faxr bilan, yengilgina ko‘tararkan...
    mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shundan keyin u kafedradagi xo‘jalik shartnomasida ilmiy xodim, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, xo‘jalik shartnomasi rahbari, keyinchalik kafedrada katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi.
    Yillar oqar suvdek o‘taverar ekan, muhimi sen ortingdan nimalar qoldiryapsan, ortga boqqanda aytishga arzigulik ezgu ishlaring, izlaring bormi?.. Umrning salmog‘i balki ana shular bilan o‘lchanar?.. Mavluda Sultonovani universitetda hatto o‘qituvchilar jamoasi ham ustoz, opajon deya hurmat qilishadi, xoh ish bobida, xoh oilaviy masalada hamisha maslahat so‘rashadi. Opa esa hech kimdan shirin so‘zini, yordamini, maslahatini ayamaydi.
    Sultonova Mavluda Ahmedovna 1996 yildan beri O‘zbekisgon Milliy universiteti ilmiy kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Universitet Kengashi faoliyati, kafedra mudiri va professor lavozimlariga tanlovlar hamda dotsent, professor, katta ilmiy xodim ilmiy unvonlariga tavsiyalar bo‘yicha olib boriladigan ishlarni sidqidildan, fidoyilik bilan, o‘z vaqtida bajarib kelmoqda.
    Mavluda Sultonova oilali, to‘rt farzandning onasi, o‘n bitta nabira va 14 evaraning buvijonisi. Katta bir xonadonning oqila va dono bekasi, ilmli, olima buvijon endi nabiralarni bilim olishga chorlamoqda. Bu xonadonda ilmu ma’rifat, mehru oqibat hamisha e’zozda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80