V.N.Sundukova 1932 yilda 14 sentyabrda Arxangelsk viloyatining, Chersvkov rayonida tug‘ilgan.
U Moskvada yashadi. Katta teatrning “Oqqush” va “Boqchasaroy fontani” balet - spektakllarida Mayya Plesenkayani ko‘rdi. Boris Chirkov, Alla Tarasova kabi buyuk aktyorlar san’atiga mahliyo bo‘ldi. Garchi Moskva iqtisod institutning birinchi kursini tugatgan bo‘lsa xam u Toshkentga kelgach, san’at oliygohi bag‘riga bordi va 1955 yilda uni a’lo baholarga tamomladi. U dastlab aktrisa sifatida xalqqa tanila boshladi. 1959 yilda Moskva GITISning professor I.Raevskiyning aktyorlik mahorati kafedrasiga assistentlik kursiga o‘qishga bordi. Vaqt unga san’at sirlarini chuqurroq urganishi uchun imkon berdi va V.N.Sundukova 1966 yilda “Teatr maktabida aktyorning badiiy o‘ziga xosligi tarbiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Unda ilk bora K.S.Stanislavskiy sistemasini borlig‘i bilan o‘zlashtirish uslubi ishlab chiqildi. Shuningdek, unda ustozi K.S.Stanislavskiy shogirdi I.Raevskiyning aktyorlarni tarbiyalash uslubini talqin etdi.
V.N.Sundukova Uzoq Sharq teatr san’ati institutida ham ishlab keldi. 1968 yilda Toshkentga qaytgach, Toshkent Davlat teatr va rassomchilik instituti unga o‘z bag‘rini ochdi. U aktyorlik mahoratidan yoshlarga saboq bera boshladi. Bugungi kunda xalqimiz o‘rtasida obro‘ - e’tiborga ega bo‘lgan teatr va estrada san’atimiz namoyondalari O‘zbekiston xalq artisti M.Toshmatov, R.Ma’diyev, M.Dadaboyeva, T.Qalimbetov, B.Raxmonov, G.Mirzaboyevlar uning shogirdlaridir.
V.N.Sundukova xotirjam yashaydigan insonlardan emas. Uni aktyor shahsiga oid ko‘p nazariy masalalar o‘ylantirdi. Shu sababli u o‘z izlanishlarini davom ettirdi. Nihoyat «”ktyor shaxsidagi badiiy
madaniyatning shakllanish muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi tayyor bo‘ldi va uni himoya kildi. “Aktyorning nazmiy mahorati” monografiyasi e’lon qilindi va unga falsafa fanlari doktori, professor unvoni berildi.
Yigirma yillik tanaffusdan so‘ng V.N. Sundukova M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San’at institutida ishlab, O‘zbekiston televideniyesi, radio va teatrlari uchun ijodkor xodimlar yetkazishda hissa qo‘shyapti.