O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tashmatova Azatgul Rahimovna

    O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zosi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi dotsenti, “Shuhrat” medali sohibasi Tashmatova Azatgul Rahimovna O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi “Milliy cholg‘u” ilmiy – ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi direktori lavozimida 1999 yildan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U san’atshunoslik sohasida professional orkestr jamoalarining ijodiy faoliyatini mahsus o‘rganayotgan ilk tadkiqotchidir.
  Tashmatova Azatgul Rahimovnaning 50 dan ortiq ilmiy, ilmiy - uslubiy va ilmiy - ommabop maqolalari ilmiy to‘plam va jurnallarda chop etilgan.
  Tashmatova Azatgul Rahimovna mustaqillik davrida ilk bor uch (o‘zbek, rus, ingliz) tilda rangli tasvirda “Musiqiy cholg‘ular muzeyi Katalogi”ni nashr etdi. Ushbu katalog o‘quv qo‘llanma sifatida san’at va madaniyat yo‘nalishidagi barcha bo‘g‘in o‘quv yurtlarida keng qo‘llanilmoqda. “Musiqiy cholg‘ular muzeyi katalogi” 2006 yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va Texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan mukofotlar uchun tanlovda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlar bo‘yicha eng yahshi darslik, “o‘quv qo‘llanma, ilmiy tadqiqot va multimediya mahsulotlari” ilmiy - texnik yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
  O‘zbekistonda orkestr ijrochiligi yo‘nalishida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Azatgul Rahimovnaning 2007 yilda chop etilgan “Buxoroi – Sharif” nomli  dirijyorlik fani bo‘yicha o‘quv - uslubiy qo‘llanmasi diqqatga sazovordir. 2015 yilda nashr yuzini ko‘rgan “Doni Zokirov nomidagi Davlat Xalq cholg‘ulari orkestri” monogrfiyasi orkestrning ko‘p ovozli jamoa sifatida shakllanish shart - sharoitlari, tadrijiy rivoji hamda ijodiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan.
  O‘zbekistonda xalq cholg‘ulari ijrochiligi bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimi jarayonlari Azatgul Tashmatova rahbarlik qilayotgan “Milliy cholg‘u” ilmiy - ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Rahbar - tashkilotchining g‘oyasi asosida laboragoriya ustalari tomonidan maktabgacha tarbiya muassasalari uchun maxsus milliy cholg‘ular majmuasi, bolalar musiqa va san’at maktablari uchun dutor, tanbur, rubob, qonun, chang, oliy o‘quv yurtlari talabalari va professional sozandalar uchun afg‘on rubobi, rubob prima, chang, qonun, ud va dutor bas cholg‘ularining maxsus namunalari yasalib, sinovdan o‘tkazildi va “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi qarori bilan amaliyotga joriy etildi.
  Azatgul Tashmatova Respublika radio va televideniesi orqali o‘zbek xalq cholg‘ularining yaratilish jarayoni, cholg‘u ijrochiligi va orkestr ijrochiligi san’atiga oid mavzularda bir qator qiziqarli turkum dasturlarga mualliflik qilib kelmoqda. Cholg‘u ijrochiligi san’atining rivoji va targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Azatgul Tashmatova bir qator yetuk pedagog, sozanda va xalq cholg‘ulari orkestri dirijyorlarini tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Ular O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, musiqa kolleji va akademik litseylar hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat olib bormoqdalar.
  Yetuk olima Tashmatova Azatgul Rahimovna O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan bir necha byudjetlar sohibidir. U talabalar ongini o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ularning ilmiy - ijodiy ishlari uchun bebaho manba yaratish maqsadida “Milliy musiqiy cholg‘ularning elektron qomusini yaratish” mavzui bo‘yicha ilmiy - amaliy tadqiqotni amalga oshirdi. Hozirgi kunda esa “XX - XXI asr O‘zbekiston musiqa madaniyati kontekstida xalq cholg‘u orkestrlari” nomli byudjet ustida ishlamoqda. Shuningdek, kelgusi avlodga noyob va nodir sozlarni meros qilib qoldirish va ularning davomiyligini saqlab qolish maqsadida laboratoriyaning Musiqa cholg‘ulari muzeyini 2003 yili “Davlat noyob ilmiy ob’ektlari” ro‘yxatiga kiritishga muyassar bo‘ldi va hozirga qadar ushbu faoliyatni davom ettirib kelmoqda.
  O‘z kasbining fidoyisi, kamtarin va jonkuyar inson Tashmatova Azatgul Rahimovna ilmga chanqokligi, o‘tkir zehni, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanligi, ilmiy salohiyatini oshirish borasida tinmay izlanishi, murabbiylik mahorati va yutuqli ilmiy ijodiy ishlari bilan respublikamiz ziyolilari orasida haqli ravishda obro‘ - e’tibor qozongan. Uning faol va sermahsul ilmiy hamda ijodiy faoliyati o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun yorqin namuna bo‘la oladi.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5