Tibbiyot fanlari nomzodi
1953 yil 2 oktyabrda Rishton tumani Beshkapa qishlog‘ida tug‘ilgan.
1971 yili tumandagi 5 - o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan. 1977 yil institutni bitirgach, Qo‘qon shahridagi 4 - kasalxonada davolovchi shifokor sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 1978 - 1983 yillarda Rishton tumani markaziy kasalxonasida terapiya bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan va reanimatsiya bo‘limi ochilishiga asos solgan. 1983 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kardiologiya ilmiy tekshirish institutida kichik ilmiy xodim, 1987 yildan esa katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
G. Tillaboyev 1992 yilda o‘z tadqiqotlari asosida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Doktorlik ilmiy ishi bo‘yicha Moskvadagi Butunittifoq kardiologiya ilmiy markazida professor Ye. I. Chazov va V. M. Shamarin kabi ustozlardan tahsil olgan. Hozirgacha u 80 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan, ularning bir nechtasi xalqaro jurnallarda chop etilgan.
1985 - 1994 yillar orasida Toshkent shahar 1 - klinik shifoxonasida terapiya bo‘limi boshlig‘i sifatida ish yuritgan. 1994 yildan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 - klinik shifoxonasida qabul diagnostika bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlab, shu bilan birgalikda, Toshkent tibbiyot instituti gospital terapiya kafedrasida talabalarga dars bergan. 1998 - 2001 yillarda Respublika Tez tibbiy yordam ilmiy markazida yosh shifokorlarga ustozlik qilgan.
Udunyoningturli mamlakatlarida o‘tkazilgan xalqaro konferentsiyalarda qatnashgan. Bir necha bor Sog‘liqni saqlash vazirligi yo‘llanmasi bilan haj safari ziyorat - chilariga tibbiy guruh rahbari sifatida xizmat qilgan.
G. Tillaboyev 2002 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent shahrida xususiy tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Hindiston shifokorlari Assotsiatsiyasi bilan inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish va og‘ir yurak xastaliklarini yuqori texnologik darajada zamonaviy davolash ishlari bo‘yicha samarali hamkorlik qilib kelmoqda.