Yodgor Kenjaboyevich Tillaboev 1970 yil 27 yanvarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Bekobod qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan.
1977 yilda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi A.Navoiy nomli 20 - o‘rta maktabga o’qishga kirib,1987 yilda mazkur maktabni bitirgan. 1987 yili Toshkent davlat universitetining amaliy matematika va mexanika fakultetiga o’qishga kirib, 1992 yilda tamomlagan.Mehnat faoliyatini shu yili Namangan shahar iqtidorli bolalar maxsus maktab - internat litseyida fizika - matematika o‘qituvchisi bo‘lib boshlagan.
1993 - 1995 yillarda Namangan sanoat - texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) hisoblash texnikasi kafedrasida assistent sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
1995 - 2000 yillarda Uzbekiston Fanlar akademi - yasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida stajyor - tadqiqotchi, aspirant, kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
2000 yilda O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Ixtisoslashtirilgan kengashda “Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi” mutaxassisligi bo‘yicha “Gazli suyuqlik aralashmasi harakatida gaz pufakchalari deformatsiyasini hisobga olgandagi gidrodinamik ef fektlar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini mu- vaffaqiyatli himoya qildi va fizika - matematika fan lari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Texnika fanlari doktori Q. Sh. Latipov ushbu nom- zodlik ishida bajarilgan tadqiqotni fan va ishlab chiqarish integratsiyasining ajoyib namunasi sifatida ta’riflab, izlanuvchining olgan ilmiy natijalarini gaz va suyuqlik aralashmasini quvurlardagi harakati masalasida qo‘llaniladigan matematik modellarning yaroqlilik chegarasini aniqlash va quvur devorlarida yuz beradigan quruq ishqalanishni oldini olish masalalarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etishini adohida ta’kidlab o‘tgan.
K. Tillaboyev hozirda “Gaz va suyuqliklarning quvurlardagi harakati davomida haroratning o‘zgari- shini hisobga olish natijasida hosil bo‘ladigan gid - rodinamik effektlar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2000 yildan buyon Namangan muhandislik - pedagogika institutining hisoblash texnikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
20 dan ortiq ilmiy maqola va o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalar chop ettirgan.