O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tilloyeva Muyassar

Tilloyeva Muyassar    Muyassar Tilloyeva Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Maktabni a’lo baholarga tugatib, 1979 yil ToshDU (hozirgi O‘zMU)ga o‘qishga kirib, filolog ixtisosligini oldi. 1984 yili Qo‘shko‘pir tumanidagi o‘rta maktabda o‘z pedagoglik faoliyatini boshladi. 1994 yildan beri UrDU da mehnat faoliyatini davom ettirishmoqda. 2007 yilda filologiya fanlari doktori professor Zarif Do‘simov rahbarligida “Xorazm onamastik misolida” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlayapti. Quyida uning o‘zi haqidagi dil so‘zlarini o‘qiysiz.
    Men ziyoli oilada tug‘ilib, ulg‘aydim. Otam o‘qimishli, ma’naviyatli, madaniyatli inson bo‘lib, biz farzandlarini ham doimo a’lo o‘qishga, yahshi hulq, yahshi tarbiyali bo‘lishimizga e’tiborini qaratdi. Otam yolg‘iz farzand bo‘lganlar. O‘zimizni qiziqtirgan barcha savollarga otam bilan suhbatlashib javob topardik. Biz buvimning ardoqli, erkatoy nevaralari edik. O‘z davrining savodhon ayollaridan bo‘lgan buvim bizning tarbiyamizda nihoyatda qattiqqo‘l edilar.
    Maktabdan kelganimizdan keyin qornimizni to‘yg‘azib, dars tayyorlashga o‘tirg‘izardilar va yonimizda o‘tirib, bilmaganimizni tushuntirardilar. Balki, shu qattiq - qo‘lliklari sabablidir, barchamiz oliy ma’lumotli bo‘ldik va jamiyatda o‘z o‘rnimizni topib, oilalarimiz bilan tinch - totuv, bahtli hayot kechiryapmiz. Hozir ham buvimlar huddi yonimizda bizga qarab turganday, hatti - harakatlarimizni nazorat qiladilar. Ular 2007 yil 7 fevral kuni menga oq yo‘l tilab “Iloyo tog‘angni yo‘lini bersin” deganlar. Tog‘am filologiya fanlari doktori, professor S.Ro‘zimboyev uqishining sevimli jiyanlari edi, doim jiyanlarining ilm - yo‘lini bizga o‘rnak qilib ko‘rsatardilar. O‘sha kuni ham menga maslahatlarini berib, avtoreferatlarimni kimlarga tarqatishimgacha yonimda 
    Universitetimiz - katta jamoa. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi shu katta jamoaning uzluksiz bo‘lagi. Kafedramizning barcha a’zolari ustozimiz - filologiya fanlari doktori professor, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi 3. Do‘simov rahnamoligida “O‘zbek adabiy tilining shakllanishida Xorazm shevalarining o‘rni” nomli ilmiy loyiha ustida tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Men ham shu loyihaning ishtirokchisiman.
    Dugonam O‘g‘iljon Odamova bilan bir tumanda tug‘ilib o‘sganmiz, 1994 yildan beri universitetda birga ishlayapmiz. Qo‘p talabalarni o‘qitib, tarbiyalab hayotga yo‘lladik. Ularning yutuqlarini eshitib quvonamiz. Ularning “Assalomu alaykum, 
    ustoz!” degan bir og‘iz shirin so‘zi bizga bir olam quvonch bag‘ishlaydi. Shunday ajoyib jamoada faoliyat olib boryapman. Atrofimda do‘stlarim, yaqinlarim menga doimo ijodiy ruh bag‘ishlaydi. Kafedram menga kelgusi ishlarimda madad berguvchi maskandir. Yuqorida ismi shariflarini keltirib o‘tgan ustoz olimalarga munosib izdosh bo‘layotganimdan g‘oyatda faxrlanaman.Ustozlar kuni munosabati bilan barcha hamkasblarimni chin qo‘ngildan tabriklayman va muvaffaqiyatlar tilayman. Shu baxtli kunlarimga sababchi ustozlarimga ta’zim qilaman.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80