Fizika - matematika fanlari nomzodi
1982 yil 13 aprelda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan. Tumandagi 1 - sonli o‘g‘il bolalar litseyini tamomlab 1999 yilda Farg‘ona davlat universitetining matematika fakultetiga o‘qishga kirgan. 2003 - yilda universitetning amaliy matematika va informatika ixtisosligini tamomlagach, Farg‘ona shahridagi 16 - umumiy o‘rta talim maktabida o‘qituvchi lavvozimida ish boshlagan. 2004 - 2006 yillari Farg‘ona davlat universiteti differantsial tenglamalar mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Fizika - matematika fanlari doktori, professor A.Q. O‘rinov ilmiy rahbarligida “Aralash tipdagi differentsial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va magistr ilmiy darajasini olishga muyassar bo‘lgan.
2006 - 2007 yillari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida assistent bo‘lib ishladi. 2007 - 2009 yillarda O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va informatsion texnologiyalar institutida kunduzgi aspiranturasida o‘qidi.
Q. O‘rinov ilmiy rahbarligida 2009yil 30 dekabrda O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va informatsion texnologiyalar instituti huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda “Spektral parametrli aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun muvaffaqiyatli himoya qildi.
2010 yilda Farg‘ona davlat universitetining amaliy matematika va informatika kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif qilindi. 2010 - 2011 yillari fizika - matematika fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Shu davr ichida o‘quv jarayonini takomillashtirish va davlat ta’lim standartlarini o‘quv jarayoniga joriy etish, o‘quv jarayoniga yangi innovatsion va axborot texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi. 2011 yil noyabr oyida fizika - matematika fakulteti dekani vazifasiga tayinlandi. U fakultet qoshida mavjud bo‘lgan umumiy matematika, matematik analiz va differentsial tenglamalar, fizika, amaliy matematika va informatika kafedralaridagi jami 70 ta professor - o‘qituvchilar va mingdan ortiq talabalar jamoasida o‘quv, ta’lim - tarbiya, ilmiy, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni zamon talablarida tashkillash borasida faol rahbarlik qilib kelmoqda. Shu bilan birgalikda, o‘quv - moddiy texnik bazani takomillashtirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash va boshqa sohalarda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
I.Tojiboyevning 30 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalari, ilmiy - nazariy anjumanlaridagi tezislari chop etilgan.