O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tojiyeva Zulxumor

    Insonning fe’l - atvori, tirishqoqligi, faolligi bolalikdanoq ma’lum, xalq tili bilan aytganda “bola boshidan” deyishadi. Yoshgina Zulhumor ham yoshlikdan intiluvchan, ziyrakkina, tinib - tinchimas, har narsaga qiziquvchan, ilmga chanqoq bo‘lib voyaga yetdi. Ayniqsa, geografiya faniga bo‘lgan qiziqishi tufayli hatto Respublika fan olimpiadalarining ketma - ket g‘olibi bo‘lib, O‘zMUning geografiya fakultetiga imtiyozli ravishda, imtihonsiz qabul qilindi. Universitetda ham a’lo o‘qishi, faolligi tufayli faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
  Oliygohni ham imtiyozli tugatgan Zulxumor Tojiyeva o‘z ish faoliyatini 1993 yili o‘zi tahsil olgan o‘quv dargohida “Aholishunoslik ilmiy - tadqiqot labaratoriyasida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. So‘ngra universitetda Ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, “Demografiya kafedrasi”da kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. 2009 yildan hozirgi paytgacha shu kafedrada dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
  Zulxumor Tojiyeva O‘zbekiston Milliy universitetidagi faoliyati davomida geografiya, demografiyaning muhim va dolzarb masalalarini mustaqil tadqiq qilishga layoqatli olima sifatida tanildi. U 1998 yilda “Jizzax viloyati aholisi ko‘payishi va joylanishining ijtimoiy - iqtisodiy muammolari” mavzusida nomzodlik ishini muddatidan ilgari himoya qildi va universitet rahbariyatining tavsiyasiga ko‘ra rag‘batlantirildi. Hozirgi kunda “Mustaqil O‘zbekiston demografik jarayonlari va ularning hududiy xususiyatlari” mavzusida doktorlik ishini himoya qilish arafasida. U respublika va xalqaro ilmiy jurnal va to‘plamlarda jami 100 dan ortiq ilmiy va
  Ilmiy - ommabop maqolalar e’lon qildi. Bundan tashqari, 8 ta o‘quv, o‘quv - uslubiy Ishlari, 2 ta ilmiy monografiyasi chop etilgan. Ko‘pgina respublika, respublikalararo va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etadi. Xususan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro konferentsiyasida o‘zining ma’ruzalari bilan muntazam qatnashib keladi. Shuningdek, Rossiyaning Moskva shahrida har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan Aholishunoslikka bagishlangan xalqaro anjumanda O‘zbekiston milliy universiteti nomidan yagona yetuk mutaxassis sifatida ishtirok etib kelmoqda.
  Bugungi kunda O‘zbekistonda “Demografiya” fanining rivojlanishiga, demografik tadqiqotlar olib borishda Zulxumor Tojiyevaning “O‘zbekiston aholisi: o‘sishi va joylanishi (1989 - 2009 yy.)”, “Qishloq joylar demografiyasi” kabi monografiyalari, “Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” o‘quv qo‘llanmalari bu sohadagi muhim ishlaridandir.
  Zulxumor Tojiyeva intizom va qat’iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan. U doimiy ravishda o‘z tajribasini, ilmiy - nazariy darajasini oshirish ustida qat’iyat va sabr - toqat bilan ishlab, universitet ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.
  Zulxumor Tojiyeva bir qo‘li bilan olamni, bir ko‘li bilan beshikni tebratayotgan Muhtarama Ayolning munosib davomchilaridan. Olima o‘z oilasining sarishta bekasi, uch farzandning mehribon onasi.     



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5