O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

To‘laboyevna Mamlakat Rustamova

    Mamlakat To‘laboyevna Rustamova 1951 yilning 29 oktyabrda Toshkent viloyatining Qibray qishlog‘ida tug‘ilgan. 1967 yilda qishlog‘idagi 1 - maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Maktab direktori oltin medalni unga topshirayotib, “Bir umr shu nishonga sodiq qolgin. O‘qishlaring va ishlaring unga munosib bo‘lsin!” degan edi chin dilidan. Qiz mukofotni hurmatli ustoz qo‘lidan olarkan, shifokor bo‘lgisi kelayotgani va shu o‘qishga kirishga axd qilganini aytganda xamma qarsak chalib yuborgandi. Mamlakat shu   yililiyoq Toshqent Davlat Tibbiyot institutining davolash fakulteti talabasi bo‘ldi. O‘qishni tugatgan yili Moskva shahrida (1973 1975), Ittifoq medittsina Fanlari Akademiyasinnng kardiologiya ilmiy - tadqiqot institutida maqsadli klinik ordinaturani o‘tadi. 1975 - 1978 yillarda esa Moskvada, Ittifoq Medittsina Fanlar Akademiyasining Kardiologiya Markazida aspiranturada o‘qidi. Va “Simptomatik buyrak gipertenziyasi belgilari tufayli nefrektomiya bilan davolangan bemorlarning arterial qon bosimi dinamikasi va qolgan bitta buyrakning funktsional holati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Buni qarangki, Toshkentga qaytgach, Mamlakatxon amal kursisi sari intilmadi, lavozimlar sari oshiqmadi. 1978—1980 yillar shahar tez yordam klinik kasalxonasida, 1 - shahar klinik kasalxonasida oddiy vrach - terapevt bo‘lib ishladi. 1981 — 1990 yillarda Toshkent Davlat Tibbiyot institutida Ichki kasalliklar kafedrasida avval assistent, qeyin dotsent lavozimlarida xizmat o‘tadi. 1990 yilning kuzidan 1996 yil avgustigacha II ToshDTI davolash fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasida dotsent, so‘ng professor sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Shu yillar orasida, ya’ni 1994 yilda pedagog - olima “Janubiy orol bo‘yi mintaqasida surunkali   bronxitning tarqalishiga va o‘ziga xos klinik kechish xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya   qilgan edi.
    Mamlakat Rustamova 1998 — 2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh terapevti lavozimida ishladi. 2001 yildan shu vazirlikning Gastroenterologiya ilmiy markazi direktori, II Toshkent Davlat Tibbiyot institutida kafedra mudiridir. U Rossiya Federatsiyasining Moskvada nashr etilayotgan “Eksperimentalnaya i klinicheskaya gastroenterologiya” jurnali tahririyat kengashi a’zosidir. Mamlakat To‘laboyevna “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” nishoni sohibasi. Yana shunisi quvonar- liki, uning turmush o‘rtog‘i S.R.Tillaxo‘jayev va o‘g‘il - qizlari ham tabobat ilmining fidokorlaridirlar.     



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5