ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning Psixologiya fakultetini tugatib, o‘z ish faoliyatini ham ana shu universitetdan boshlagan Gulchehra To‘laganova bugun o‘z ilmiy ishlari, pedagogik faoliyati, jamoat ishlaridagi faolligi bilan ko‘zga ko‘ringan olima ayollardan, universitetning Ijtimoiy fanlar fakulteti Psihologiya kafedrasi mudiri, dotsent, fan nomzodi. 1993 yilda “Tarbiyasi qiyin o‘smirlarning qiziqishlari ular motivatsion - emotsional jabhasining aks etishi sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
  Olimaning ish tajribasi, ilmi, intiluvchanligi, faolligi uning jonbozligi bilan yuqori darajada o‘tkazilgan tadbirlarda ham o‘z aksini topadi. Jumladan, 2012 yilda “XXI asr psihologiyasining nazariy va amaliy muammolari”ni o‘rganishga bag‘ishlangan Respublika ilmiy - amaliy konferentsiya; 2013 yilda O‘zbekiston Milliy Universigeti 95 yilligi va Falsafa fakulteti “Psixologiya” kafedrasi tashkil etilganligining 40 yilligiga bag‘ishlangan “XXI asr psixologiyasi: nazariya, amaliyot, istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiya; 2014 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti tashkil topganligining 35 yilligi va “Psixologiya” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori Ergash G‘oziyevich G‘oziyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy psixologiyada sub’ekt va shaxs” mavzusida Respublika ilmiy - amaliy konferentsiyalarida Gulchehra To‘laganovaning tashkilotchilik qobiliyati yana bir karra namoyon bo‘ldi.
  O‘zbekiston Respublikasi va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ta’sis etilgan fan olimpiadalarida Gulchehra To‘laganovaning bevosita rahbarligi ostida 10 nafardan ortiq talabalar sovrinli o‘rin sohiblari bo‘lganlar.
  To‘laganova Gulchehra Qo‘chqorovna ilmiy tadqiqotchi sifatida bir qator diagnostik metodikalarning muallifidir. Jumladan: “Hayotiy maqsadni anglash” testi; “Ota - onalarning farzandlari tarbiyasiga oid munosabatlari” so‘rovnomasi; “Xarakter xususiyatlariga munosabat tipi diagnostikasi” metodikasi modifikatsiyasi, “Rekonstruktiv psixoterapiya” korrektsion dasturi.
  Shuningdek, 1997 - 2014 yil - larda bir qator ilmiy byudjetlarning rahbari va a’zosi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan: “Zamonaviy rahbarning psixologik qiyofasi” ilmiy byudjeti a’zosi, Tempus - TASIS halqaro loyihasining “Salomatlik psixologiyasi” yo‘nalishi sovrindori sifatida Angliya va Ispaniyada “Psixoterapiya” bo‘yicha o‘z tajribasini oshirdi hamda psixoterapevtik usullar, ularni amaliyotda qo‘llashni o‘zlashtirdi. “O‘zini - o‘zi mahkum qiluvchi xulq psixologiyasi” ilmiy byudjeti rahbari, “Yoshlarning reproduktiv salomatligi bo‘yicha do‘stona munosabatni tashkil etish” BMT qoshidagi Xalqaro UNFPA byudjeti a’zosi, “Tarbiyasi qiyin” likning psixologik 2014 diagnostikasi va korrektsiyasi ilmiy byudjeti rahbari, Deviant xulq psixologiyasi raqamli innovatsion byudjet rahbari sifatidagi ishlari yuqori baholandi.
  Gulchehra To‘laganovaning ilmiy rahbarligida 7 nafar tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
  U respublika tumanlararo va Toshkent shahri miqyosida fuqarolik ishlari bo‘yicha tashkil etiladigan sud - psixologik ekspertizalarning faol ishtirokchisi hamdir.
  Olima “Xulqiy og‘ishlarning klinik - psixologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasini yakunlab, uni himoyaga taqdim etdi.
  Hozirda magistrlarga “Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyoti”, “Psixoterapiya”, “Shaxs psixokorrektsiyasi” va bakalavriat yo‘nalishida “Tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya”, “Kon - sultativ psixologiya va psihokorrektsiya”, “Psixogenetika” kurslarini yuqori darajada olib boradi.
  Gulchehra To‘laganova o‘z ilmi, yurish - turishi, yuksak madaniyati bilan yoshlarga hamisha ustozdir.