O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

To‘laganova Maxsuma Inog‘omovna

    To‘laganova Maxsuma Inog‘omovna 1934 yil 20 oktyabrda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1953 yil Hamza tumanidagi 156 - o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib  shu yili O‘rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kiradi. 1958 yil Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomli matematika institutiga yo‘llanma  oldi va 45 yil davomida shu dargoxda ilmiy faoliyat olib bordi. Avval ilmiy xodim (1958—1966), so‘ng aspirant (1960 1963) bo‘ldi. 1963 yil “Algebraik sonlar maydoni uchun Goldbax Eyler muammosiga doir ba’zan bir tadqiqotlar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U qator yillar davomida Toshkent Davlat universitetining matematika fakultetida ishlab, talabalarga sonlar nazariyasidan, oliy, chiziqli algebra va umumiy xamda maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘qidi.
    1969 yilda Amerika matematika jamiyati tomonidan chiqariladigan referativ matematik jurnal  “Mathematical Reviews” referenti sifatida tanildi.
    1986 yil M.To‘laganova A.A.Jdanov nomli Leningrad Davlat universitetining maxsus kengashida “Arifmetik funktsiyalar va vektorlar uchun limit teoremalar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va o‘zbek ayolllari ichida birinchi bo‘lib fizika - matematika fanlari doktori darajasini olishga muyassar bo‘ldi.
    1986    yili Amerika matematika jamiyatiga a’zo etishdi. Shu yilning o‘zida u N.P.Romanovning sonlar nazariyasi bo‘yicha shahar ilmiy seminarini qayta tikladi.
    1987    yildan e’tiboran Toshkent Davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) matematik logika, algebra, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi bo‘yicha kandidatlik va doktorlik maxsus kengashining a’zosi. U O‘zbekiston hotin - qizlar qo‘mitasi qoshidagi O‘zbekiston olima ayollarining “Olima” assotsiatsiyasi a’zosi xamdir. 1989 yil Vengriya Fanlar Akademiyasining matematika instituti tomonidan M.I. To‘laganova Vengriya Matematika jamiyati va professor G.Xalas seminarida ma’ruza qilish uchun taklif qilingan. Uning ilmiy ma’ruzasi ingliz tilida Vengriyaning “Acta mathematical Hunqarica” jurnalida chop etilgan.
    1997 yil Buyuk Britaniyada bo‘lib, TAS 18ning “Ayol, fan va demokratiya” programmasida qatnashib Bilston universiteti va kolledji sertifikatini olishga muyassar bo‘ldi.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5