O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tolipova Nargiza Zuxriddinovna

Tolipova Nargiza Zuxriddinovna    Tolipova Nargiza Zuxriddinovna 1963 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1980 - 1985 yillarda A. R. Beruniy nomidagi Toshkent Politexnika institutining injener - qurilish fakultetida a’lo baxolarga o‘qidi. Nargizaning e’tiborga loyiq tomoni uning institutlararo o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida doimo birinchi o‘rin soxibi bo‘lib kelgani, institut va respublika ilmiy - amaliy konferentsiyalarida faol ishtirok etganidir.
  O‘qishni imtiyozli tugatgan N. Z. Tolipova 1985 — 1991 yillar davomida ToshZNIIEP loyixalash instituti va O‘zNIIP shahar qurilish instituti ilmiy bo‘limlarida samarali ishlab keldi. 1991 yilda Toshkent Arxitektura - qurilish institutining kunduzgi bo‘lim aspiranturasiga o‘kishga kirdi va “Faollashtirilgan kvarts qumlari asosidagi karbamid polimerbetoni” mavzusida ilmiy ish olib bordi. Nargiza shu mavzu bo‘yicha 4 ta mualliflik guvoxnomasiga ega bo‘lib, 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
  1998 yildan boshlab umidli olima injener - qurilish fakultetining shahar kurilish va xo‘jaligi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlay boshladi. Bu kafedrada talabalarga bino va inshootlar restavratsiyasi hamda sanoat binolari rekonstruktsiyasi fanlaridap dars berib kelmoqda. Dars berish jarayonida “Yangi pedagogik texnologiyalar” bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan N. Z. Tolipova ushbu o‘qitish usulini amalda qo‘llab, samarali natijalarga erishib kelmoqda. Har yili o‘tkaziladigan ilmiy - texnik, ilmiy - amaliy kopferentsiyalarda o‘z shogirdlarining faol ishtirok etishlariga erishmoqda. Bu konferentsiyalarda talabalar mutaxassislik bo‘yicha dolzarb va qiziqarli mavzular bilan qatnashmoqda.
  2001 yildan boshlab hozirga qadar Nargizaxon Tolipova injener - qurilish fakultetida ma’naviyat - ma’rifat va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan muovini vazifasida ishlab kelmoqda. Ma’lumki, xayotimiz taraqqiyoti va istiqboli yuqori malakali mutaxassis kadrlar hamda yuksak madaniyatli yoshlarimizga bog‘liqdir. Bu yo‘nalishda talabalarning dunyoqarash, didi, salohiyatini shakllantirishda, ularga milliy qadriyatlarimiz, urf - odatlarimizni, Vatan, xalq istiqboli, milliy g‘oya va milliy iftixor ruhini singdirishda Nargizaxon Tolipovaning xizmatlari diqqatga sazovordir. Mashhur sport ustalari, shifokor, xuquq - tartibot organi xodimlari, harbiylar, Fanlar Akademiyasi olimlari, shoir va yozuvchilar bilan o‘tkazilayotgan davra uchrashuvlari fikrimizning yaqqol dalilidir. Nargizaxon atrofida talabalar doim gavjum.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5