O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tolipova Ra’no To‘raxonovna

Tolipova Ra’no To‘raxonovna    Tolipova Ra’no To‘raxonovna — “Til va adabiyot ta’limi”, “Prepodavaniye yazika i literatur!” jurnallari bosh muharriri, pedagogika fanlari doktori, professor.
  Ra’no To‘raxonovna 1936 yil 28 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1952 yilda shaxardagi sobiq 83 - maktabning 7 - sinfini tugatib, Toshkent xotin - qizlar pedagogika bilim yurtiga kirgan. Bilim yurtining rus tili bo‘limini 1956 yilda imtiyozli diplom bilan tugatib, shu yiliyoq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga o‘qishga kirgan xamda shahardagi 4 - maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlagan. Turmush o‘rtog‘ini Termiz shaxriga ishga yuborishgani sababli institutning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetining sirtqi bo‘limiga o‘tib, 1958 — 1960 yillarda Surxondaryo viloyat Ijroiya Qo‘mitasida tarjimon bo‘lib ishlagan. 1960 yilda Toshkentga qaytib, 1961 yilda institutni tugatgan. 1965 — 1967 yillari Toshkent shahridagi 13 - maktabda rus tilidan dars bergan.
  1972 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutiga katta o‘qituvchi bo‘lib o‘tgan va 1975 yil dotsentlpk unvonini olgan. Dotsent bo‘lib ishlab yurgan davrida R. Tolipova ilmiy ishini davom ettirib, turli ilmiy - metodik nashrlarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan. 1983 yili Moskvadagi Milliy maktablar ilmiy - tadqiqot institutining tavsiyasi bilan Xalq xo‘jaligi institutida katta ilmiy xodimlikka o‘tgan. 1986 yilda esa Moskvada yuqorida tilga olingan institutda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Shu yil Xalq xo‘jaligi institutida kafedra mudiri etib tayinlangan. 1987 yilda professor unvonini olgan.
  Ra’no To‘raxonovna 1990 yil yanvar oyidan O‘zbekiston Respublikasi Pedagogika ilmiy - tadqiqot instituti direktori bo‘lib ishlay boshlagan. U shu yil noyabr oyida esa sobiq “Russkiy yaziyk i literatura v uzbekskoy shkole” (keyinchalik “Prepodavanie yaziyka i literaturm” deb nomlangan) jurnaliga bosh muharrir etib tayinlandi. 1990 yilda Shu tahririyatda “Til va adabiyot ta’limi” jurnali ta’sis etildi. Hozirgi kungacha Tolipova shu ikkala jurnalga bosh muharrirlik qilib kelmoqda. 
  R. Tolipova jurnallar atrofida olimlar va ijodkor o‘qituvchilardan iborat 2 ta katta guruh tuzib, ular bilan hamkorlikda ikkinchi til o‘qitish metodikasiga jahon tajribasini olib kirdi. Dastur va darsliklarni yangicha tamoyilda qayta tuzip! va ularni ommaviy ravishda tajribadan o‘tkazishga kirishdi. Natijada Ra’no Tolipova boshchiligi va birinchi muallifligida 1999 yilda o‘zbek va rus tillarini ikkinchi til sifatida o‘qitish bo‘yicha qator dasturlar tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi. Shu yildan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 2 — 11 - sinflari uchun o‘nta, “Rus tili” hamda ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 2 — 7 sinflari uchun oltita yangi darslik chop etilib, amaliyotga tatbiq etila boshlandi. 2004 yilda bu darsliklarning to‘rtinchi va beshinchi nashrlari chop etildi. Tolipova 150 dan ortiq ilmiy maqola, 8 ta monografiya, 17 ta darslik va 4 ta metodik qo‘llanmaning muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5