Texnika fanlari nomzodi
Qahramonimiz Najmitdin Toshboev 1959 yil 24 martida Samarqand viloyati Urgut tumanida Mirzabog‘lon qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Ochil bobo qishlog‘ida usta - duradgor, onasi Muslima aya kolxozda ishchi bo‘lib, yetti o‘g‘il va ikki qizlari halol mehnati bilan voyaga yetkazishdi.
Najmiddin 1976 yilda 14 - o‘rta maktabni “Oltin medall”ga tamomlab, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat universiteti mexanika - matematika fakultetiga o‘g‘rniga kabul qilindi. 1980 - 1981YY. M.S. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti mexanika - matematika fakultetada mutaxassislik bo‘yicha tahsil olib, 1981 yilda ushbu uiiversitetni imtiyozli diplom bilan tamomladi.
N. Toshboev 1981 yili Toshkent shahridagi O‘zR FA “Kibernetika” ilmiy ishlab - chiqarish birlashmasi qoshidagi “Kibernetika” ilmiy tekshirish institutida ish boshlarkan, o‘z ustida ishlashni yanada kuchaytirdi. Institut rahbari, UzFA akademigi Vosil Qobulov tavsiyasi bilan “Avtomatik tizimlarni boshqarishni matematik modellashtirish” laboratoriyasiga muhandis lavozimiga ishga qabul qilindi. Lobaratoriya mudiri, professor N.A. Mo‘minov rahbarligida mashinasozlik uskunalarini ishlab chiqarishning avtomatik modellarini yaratish masalalarini matematik hisoblash yordamida yechish usullari va ularni amaliy dasturlash algoritimlarini ish¬lab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqikotlar olib bordi. Bu tadkitsotlarni ilmiy darajada bajarish maqsadida 1985 yili Moskva shahri I.M. Gubkin nomidagi neft va gaz instituti Aspirantura bo‘limiga o‘qishga kirdi. 1988 yili aspiranturami muvaffakiyatli tamomladi. Olim 1988 - 1990 yillari “Kibernetika” ilmiy tekshirish institutida kichik ilmiy xodim lavozimida ishladi. 1990 yili esa Rossiyaning Politexnika instituti qoshidagi Ilmiy kengashda ishlab chiqarishning mashinasozlik korxonalari uchun “Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya kildi va “Texnika fanlari nomzodi” ilmiy darajasi sohibi bo‘ldi. 1990 - 1993 yil “Kibernetika” ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim, 1993 – 1995 yil Toshkent davlat Texnika universitetiiing “Boshqarishni avtomatik tizimlari” kafedrasida katta o‘rgatuvchi bo‘lib faoliyatini davom ettirdi. Talabalarga maxsus mutaxassislik fanidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish bilan bir vaqtda ularning bitiruv “Diplom ishlari”ga ham rahbarlik tsildi. Shuningdek, talabalar uchun maxsus qo‘llanmalar yaratdi. Texnika fanlari nomzodi N.Toshboev o‘n beshdan ortiq ilmiy maqolalarini respublika va xorijiy ilmiy - ommabop jurnallarda chop ettirdi. Ko‘p o‘tmay N. Toshboev Toshkentdagi “Infotexnika” ilmiy - texnik xizmat ko‘rsatish markazi (PTXM “Infotexnika”) korxonasiga rahbar etib tayinlandi. Hozirgacha korxona xodimlari yordamida yurtimizning o‘ndan ortiq vazirliklari, qo‘mitalari, chet el elchixonalari, vakolatxonalari, kushma korxonalar, muassasalar kompyuter va orgtexnika jihozlari hamda amaliy dasturlar bilan a’lo darajada ta’minlanmoqda...
Odamlarning bir - birlariga mehr, oqibatli bo‘lishi eng avvalo, ular qalbida go‘zal tuyg‘ularni shakllantiradi. Shirin so‘z,yaxshi amal, o‘zgalar mushkulini oson qilish,birovlar dardini bo‘lisha olishdek ezgu maqsadlar sari yetaklaydi. Qaxramonimiz o‘z hayoti mazmunini ana shu ezgu amallarsiz tasavvur eta olmaydi. Shu bois xam uning faoliyatida doimiy izlanish va tashabbuskorlik hamisha yetakchi o‘rin tutadi.
N.Toshboev rafiqasi Barnoxon (“Qishloq qurilish loyiha” Bosh¬. loyihalashtirish institutida bosh mutaxassis) bilan farzandlari: Mizomiddin (Davlat test markazida yetakchi mutaxassis), Nafosatxon (tibbiyot bilim yurtida o‘kituvchi), Biloliddin (“Inter Injenering” qo‘shma korxonasi xodimi) larni voyaga yetkazib, xalq xizmatiga safarbar qilishgan. Bukun ular dilbandlari va nabiralarining baxtidan masrur hayot kechirishmoqda. Inson orzusiga yetib, ko‘ngli halovatda yashamoklikdan ham huzuri bormikan!