O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Toshkanov Sobirjon

Toshkanov  SobirjonFilologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1939  yil 25 avgustda  Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi   Nazarmahram qishlog‘d tug‘ildi. 10 - sinfni  bitirib, bir necha  yil jamoa  xo‘jaligida mehnat qildi. 1962 - 1967 yillarda Toshket davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti   fakultetida ta’lim oldi.  Qaytib kelib,  bir yil qishlog‘idagi 36 - maktabda  o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Universitetda saboq bergan ustozlari G‘. Karimov, L. Qayumov, O. Sharafiddinov, S. Dolimov , U. Normatovlar  izidan borish niyatida  1968  yili Andijon  tillar  institutining  o‘zbek  tili va adabiyoti  kafedrasiga  ishga o‘tdi.
1971 - 1974 yillarda  Toshkent davlat  universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasida aspirant  bo‘lib,  “Zamonaviy o‘zbek satirik  hikoyachiligi  va   xarakter  muammosi” mavzusidagi  tadqiqot olib bordi.  Aspiranturani  tamomlagach,  to‘rt yil  Toshkent politexnika  institutida  o‘qituvchi,  katta  o‘qituvchi lavozimlarida ishladi. 1975 yilda ilmiy ish asosida “Satira tarbiya quroli “nomli risola  chop ettirdi.
1978 yil sentyabridan Farg‘ona davlat pedagogika institutining o‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga  qabul qilindi.U katta niyatlar  bilan kelgandi. 1983 - 1985 yillarda  doktorlik  dissertatsiyasini nihoyasiga  yetkazish uchun 3 yillik izlanuvchi - tadqiqotchi sifatida ishladi. 1984 yilda  “Satira san’ati” deb atalgan  monografiyasini   nashr ettirdi. Ammo  bu ishni  oxirigacha  yetkazmay, 1989 yilda Farg‘ona  politexnika  institutiga ishga o‘tib ketdi. 1993 yili yana  kafedraga  ishga qaytdi. Olti  yildan so‘ng  pensiya  yoshiga  yetishi  munosabati  bilan   o‘z arizasiga  ko‘ra  ishdan ozod qilindi.
S. Toshkanov xushchaqchaq, hazilkash  do‘st edi.  2015 yilning  6 yanvarida 76  yoshida  olamdan o‘tdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80