Toshmatova Nafisa Akobirovna 1945 yilning 2 iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1961 — 1966 yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Ilmiy izlanishlarga qiziqish uni ham ilmu urfon yo‘lini tanlashiga sababchi bo‘ladi. U 1974 yildan 1976 yilga qadar aspiranturada tahsil oldi. 1981 yilda esa «Dorivor lavanda va issoi o‘simliklarini O‘zbekiston sharoitida introduktsiya qilish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasnni yokladi. Biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, keyinchalik dotsent unvoniga erishdi. Hozirgi kunda 50 ga yaqin ilmiy maqolalari turli nashrlarda chop etilgan, o‘nga yaqin uslubiy qo‘llanmalari yaratilgan. Har yili qator talabalarning malakaviy bitiruv ishlariga, magistrlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi. N.Toshmatova ko‘p yillardan beri Toshkent Farmatsevtika institutida «Botanika va dorivor o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasi» kafedrasida dotsentlik lavozimida ishlab kelmoqda. Dorivor o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasi, agroekologiya va monitoring fanidan talabalarga ma’ruzalar o‘qish bilan bir qatorda amaliyot ishlarini ham yuqori saviyada olib boradi. N.Toshmatova doim o‘zi ustida ishlaydi, har bir sabog‘iga alohida tayyorgarlik bilan keladi. 2002 yilda uni institut xotin-qizlar qo‘mitasiga rais etib tayinlashdi. Bu unga yanada katta ishonch yuklanganidan dalolat beradi.
Ayol bor joyda olam o‘zga bir go‘zallikni kashf etadi. Nafisaxon ham xotin-qizlar qo‘mitasini boshqarish bilan bir qatorda talaba qizlarning har tomonlama kamolga yetishlarida yaqindan yordam bermokda. Talaba qizlarning qanday muammolari chiqmasin, maslahatini, shirin so‘zini, asosiysi, yordamini ayamaydi.
Nafisa Toshmatova bir necha bor Sog‘likni saqlash vazirligi xamda Mirobod tumani hokimiyatining faxriy yorliqlari bilan takdirlangan.