Mahkamboy Toshmirzayev 1956 yili 30 noyabrda Namangan viloyati Norin tumani Uchtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 1975 - 1987 yillarda O‘zFA ning Fizika - texnika ilmiy - tekshirish institutida laborant, muhandis, kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishlash bilan birga Toshkent davlat universitetining fizika fakultetida oqidi va 1982 yilda tamomladi. 1987 yili “Quyosh pechida bor kristallini o‘stirish va uning elektrofizik xossalarini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fizika - matematika fanlari nomzod ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 1987 - 1990 yillarda Toshkent “Elbor” ishlab chiqarish birlashmasida yetakchi muhandis - texnolog lavozimida ishladi.
1990 yildan buyon Namangan sanoat - texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri va fakultet dekani lavozimlarida, 2001 yil dekabr oyidan boshlab esa elektroenergetika kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
M.A.Toshmirzayevning 40 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan, 2 ta mualliflik guvohnomasini olgan.
1997 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Yangi texnika va texnologiyalar” bo‘yicha respublika tanlovida sovrinli o‘rinni egallagan.
M.A.Toshmirzayev 1998 yilda AQShning Nyu - York universitetida, 2001 yili esa Janubiy Koreyaning KomaSivat malaka oshirish markazida malaka oshirgan.
Hozirda M.A.Toshmirzayev elektroenergetika kafedrasida mutaxassislik fanlaridan bakalavr va magistrtarga ta’lim berish bilan birga, “O‘ta mustahkam materiallarni sintezlash va xossalarini o‘rganish” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.