Toshkent Davlat Texnika universiteti «Nazariy elektronika va elektron texnologiyalar» kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Toshmuhamedova Dilnoza Artikbaevna yosh bo‘lsada yuksak ilmiy darajaga, unvonga sazovor bo‘lgan, ilm-fan olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga ulurgan, iqtidorli, izlanuvchan olimalardan. Ushbu universitetning sobiq talabasi bo‘lgan Dilfuza Toshmuhamedova 1997 yildan boshlab professor B.Ye.Umirzakov rahbarlik kilayotgan "Epitaksiya va ion implantatsiya usullari bilan nano-materialar olish va ularning fizik xususiyatlarini o‘rganish" ilmiy maktabida o‘zining ilmiy ishlarini boshladi. Yosh olima 2000 yilda «Fizikaviy elektronika» yo‘nalishi bo‘yicha «Modifikatsiya fiziko-ximicheskix svoystv poverxnosti epitaksialngx plenok GaAs/ Ge i GaAs/CaF2 ionnoy implaptatsiey i otji-gom» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini va 2010 yilda «Elektronnaya spektroskopiya nanoplenok i na-nokristallov, sozdanыx nizkoenergeticheskoy ionnoy bombardirovkoy poluprovodnikovыx i dielektricheskix plenok» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli himoya kilgan.
Hozirgi kunga kelib kafedrada "Ion implantatsiya va lazer texnologiyasi usullarini samarali ko‘llash asosida yangi ko‘p tartibli nanokatlamli tizimlar olish va yangi elektron texnika materiallarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chikish va amaliyotga ko‘llash" mavzusida ilmiy maktabda tadqikot ishlarini olib bormoqda.
U 2000-2003 yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetining «Elektron texnika ma- teriallari fizikasi va texnologiyasi» kafedrasi assistenti, 2003-2005 yillarda mazkur kafedra dotsenti, 2005-2008 yillar davomida Toshkent davlat texnika universiteti «Elektronika va mikroelektronika» kafedrasi dotsenti, 2008-2012 yillarda Toshkent davlat texnika universitetida O‘rta Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib tashkil kilingan «Nanotexnologiya» kafedrasi dotsenti, 2012 yil 1 fevraldan 2012 yil 2 sentyabrgacha shu kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2012 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent Davlat Texnika upiversiteti «Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar»kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu davr mobaynida 300 dan ziyod maqola-tezislari va maqolalar, 4 ta monografiya, 25 ta o‘quv qo‘llanma chop etgan va 3 ta patent olgan. 2002-2003 o‘quv yili natijalari asosida Toshkent Davlat Texnika univer- sitetining eng yaxshi assistenti deb topilgan. 2005 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va Uchinchi dunyo fanlar akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan tanlov g‘olibi, 2006 yilda esa "O‘zbekiston respublikasi ma’daniyati va san’ati" fondi tomonidan ta’sis etilgan "Pedagogik byudjetlar" tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Professor Toshmuxamedova Dilfuza Artikbaevna rahbarligida OT-YoF2-002 «Rost, fizicheskie svoystva i struktura mnogosloynыx nanoepitaksialnix geterostruktur» (2008-2010 y.y.) yoshlar muhim tadqiqot loyihasi, «Razrabotka i vmbor deshevoy texnologii polucheniya nanostruktur na osnove elementarnыx i binarnыx poluprovodnikov» (2009-2011 y.y.) amaliy loyiha va 2010 yilda O‘zbekistop Respublikasi "Yog-moy va oziq-ovqat sanoati" bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari muvaffaqiyatli bajarilgan.
Hozirgi kunda olima «Teoreticheskie i eksperimentalnie issledovaniya protsessov raspsheniya, vnedreniya atomov, obrazovaniya naporazmernыx struktur i napryajennыx sloev pri implantatsii ionov v materialы razlichnoy prirodы (metallы, poluprovodniki i dielektriki)» (2012 - 2016 y.y.) loyihasiga rahbarlik qilmoqda.
Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, u 2003 va 2005 yillarda Rossiyada (Vzaimodeystvie ionov s poverxnostyu) va 2008 va 2010 yillarda Germaniyada (Secondry Ion Mass Spectrometry) o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Ilmiy ishlarining ko‘p qismi chet el (Germaniya, Rossiya, AQSh, Yaponiya va boshqa) ning nufuzli jurnallarida va to‘plamlarida chop etilgan.
Professor Dilfuza Artikbaevna rahbarligida 10 ta magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Bugungi kunda 2 nafar mustaqil- tadqiqotchilar uning rahbarligida doktorlik dissertatsiyalari ustida muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar.
Dilfuza Toshmuhamedova hali yosh, demak, oldinda uni ilm olamida katta-katta yumushlar, egallanmagan cho‘qqilar va albatta, mehnatlari samarasi ulkan yutuqlar kutmoqda. Buning uchun yosh olimada ilm, iqtidor, iroda, ishonch va eng muhimi kasbiga, bilimga bo‘lgan katta muhabbati bor.