O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Toshmuhamedova Oynisa Karimovna

    Kimyo fanlari doktori, professor Toshmuhamedova Oynisa Karimovna o‘zining bosib o‘tayotgan ibratli hayot yo‘lini ilm ziyosi bilan yoritgan, ilmning “Igna bilan quduq qazish barobaridagi” zahmatlarini tota bilgan, taniqli, ustoz olimalardan. Olimaning O‘zbekiston Milliy universitetining organik kimyo kafedrasida ish boshlaganiga yarim asr bo‘ldi.
    Poytaxtimizdagi yerta maktabni a’lo baholarga tugatgan qalbi orzularga to‘la, ilmga tashna yoshgina Oynisa 1952 yili Moskva Davlat universitetining kimyo fakultetiga o‘qishga kirdi va neft kimyo kafedrasida diplom ishini himoya qildi. Yillar mobaynida Ozarbayjon FA kimyo institutida (Reaktiv yoqilg‘i laboratoriyasi) va O‘zbekiston FA kimyo institutida (Neft kimyosi laboratoriyasi) kichik ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1959 yili MDUga aspirant bo‘lib Neft kimyosi kafedrasiga kaytib keldi, akademik B.A. Kazanskiy rahbarligida “Olti a’zoli halqa tutgan ba’zi spiran uglevodorodlarining platinali kzlmir ta’sirida katalitik o‘zgarishi” mavzusidagi “Neft kimyosi” mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Oynisa Toshmuhamedova 1966 - 1973 yillar davomida ToshDU (Hozirgi O‘zMU) organik kimyo kafedrasida dotseng, tabiiy birikmalar kimyosi laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1973-1983 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bioorganik kimyo institutida katta ilmiy xodim bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 1986 yilda organik kimyo kafedrasi dotsenti hamda “Makrotsiklik birikmalar kimyosi” laboratoriyasining mudiri bo‘lib ishlagan. Olima “Funktsional guruxlar kiritilgan benzokraun efirlarining sintezi va xossalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
    Taniqli olima Toshmuhamedova Oynisa Karimovna 1986 yili organik kimyo kafedrasi qoshida “Makrotsiklik birikmalar kimyosi” laboratoriyasini tashkil etgan. Ochilgan laboratoriyada talaba va aspirantlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Uning rahbarligida 7 ta nomzodlik va 1 doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. MBK laboratoriyasi ilmii natijalari asosida yana 6 ta nomzodlik va 4 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Ilmiy – tadqiqot ishlarining asosiy qismini makrotsiklik birikmalar - kraun efirlar kimyosi bo‘yicha bajarilgan ishlar tashkil etadi. Olima 350 dan ortiq ilmiy maqolalarning, 7 ta mualliflik guvohnomalarning, “Kraun - efirlarning sintezi, membrana - faollik xossalari va biologik ta’siri” nomli monografiyaning muallifidir.
    Birinchi marta Kraun - efirlarning anorganik va organik kislota tuzlari bilan polifosfat kislota ishtirokidagi elektrofil almashinish reaktsiyalarida bir benzol halqasidagi o‘rinbosarlarning ikkinchi benzol halqasi reaktsion qobiliyatiga transannulyar ta’siri aniqlangan. Sintez qilingan birikmalar ichida K+, Sa2+, Mg2+ ionlari uchun faol ionoforlar borligi aniqlangan va ularning sun’iy membranalar sifatida ilmiy - tadqiqotlarda ishlatilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Oynisa Toshmuhamedova rahbarligida ishlab chiqilgan usul bilan ikkita kraun efir Ukrainaning Cherkassk kimyoviy reaktivlar zavodida ishlab chiqarilgan. Uning ishlari "Reaktiv" dasturi doirasida o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda namoyish qilingan. Professor Toshmuhamedova Oynisa Karimovna ilmiy - tadqiqot ishlari natijalari asosida Respublika va ko‘plab xalqaro ilmiy konferentsiyalar va simpoziumlarda ma’ruzalar bilan qatnashadi. Ustoz olima O‘zbekiston Milliy universiteti va Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti qoshidagi dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha tuzilgan maxsus Ilmiy Kengashlarning, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilmiy - tadqiqotlar ekspertizasi bo‘yicha Kengashning a’zosidir.
    Professor Toshmuhamedova Oynisa Karimovna “Ixtirochi” belgisi va “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim fidoyisi” medallari bilan mukofotlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5