O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Toshmuhammedova Shoxista Sobirovna

Toshmuhammedova Shoxista    Nafaqat o‘zi, balki ishi ham go‘zal bo‘lgan, faqat yutuqlari, yuksak parvozlari, ilmiy salohiyati bilangina emas, balki, ayolga xos chiroyli fazilatlari bilan barchani o‘ziga rom etgan olima ayollardan biri biologiya fanlari doktori, professor Toshmuhamedova Shohista Sobirovnadir.
  U ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning Biologiya va tuproqshunoslik fakultetitni biologiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. U 1988 yildan biologiya - tuproqshunoslik fakulteti qoshidagi ilmiy laboratoriyada, bakteriya va virus antigenlarini tezkor usullar yordamida aniqlash ustida ilmiy izlanishlar olib borib, ushbu mavzu bo‘yicha, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
  2008 yili esa “Immunoenzim tahlilida yangicha yondashuvlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shohista Toshmuhamedova bugungi kunda biologiya fanlari doktori, professor lavozimida “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasida faoliyat ko‘rsatmoqda va shu bilan birga amaliy va muhim tadqiqotlar yo‘nalishi bo‘yicha amilolitik ferment preparatlarini geterogen analizda ko‘llash mavzusi asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. U 80 dan ziyod ilmiy maqolalar va 10 ga yaqin ilmiy - uslubiy ishlar, shuningdek mualliflik guvohnomasi, 4 ta patent muallifidir.
  Toshmuhamedova Shohista Sobirovna biologiya va biotexnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassisdir. U hozirda bakteriya va virus antigenlarini diagnostikasida gomogen va geterogen liposomal immunoenzim tahlilini qo‘llash, uning nazariy va amaliy aspektlarini ishlab chiqish ustida ilmiy - tadkiqot ishlarini olib bormoqda. U tomonidan yuqori fermentativ faollikka ega konyugatlar olinishi va ferment molekulalarini barqaror liposomalarga inkapsullangan shakllarini yaratilishi, biologik faol moddalarni biospetsifik usulda tozalash texnologiyalarini ishlab chiqilishi, mentativ rayonlar riyosini boyitdi.
  Hozirda u zamon talabaga javob beruvchi, immunologiya va enzimologiya yo‘nalishlari chegarasida paydo bo‘lib, rivojlanib kelayotgan, yangi yo‘nalish immunobio texnologiya yo‘nalishi sohasida katta izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, quyi molekulali moddalarga yuqori spetsefik antitanalar olish, falsifikatsiyalangan dori vositalarini tezkor va o‘ta sezgir ferment molekulalari asosida aniqlash, biologik qurilmalar yaratish, ya’ni fermentli sensorlarni, shuningdek immunosensorlarni ishlab chiqish uchun biologik tizimlarda, fermentativ jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shohista Toshmuhamedova rahbarligi ostida izlanuvchi - tadqiqotchilar ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.
  Olima o‘zining ilmiy ishlarini pedogogik faoliyat bilan birga olib bormoqda. Uning tomonidan “Biotexnologiya asoslari”, “Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi”, “Immunologiya asoslari” kabi umumiy kurslardan va magistrlar uchun bir necha maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘qimoqda va shu bilan birga, o‘quv jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni ko‘llash ustida tinmay izlanishlar olib bormoqda. Uning rahbarligi ostida har yili bir necha bakalavr bitiruv ishlarini va magistrlar dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilmoqdalar.
  Ayolning yutuqlari, jamiyatda tutgan o‘rni, obro‘ - e’tibori, shu bilan birga oiladagi mas’uliyati... Bularni xotirjam yelkasida tutib, sizga tabassum hadya etayotgan Ayol eng kuchli, eng go‘zal xilqatdir... Shukrki, yurtimizda Shohistaxon singari olima, zukko ayollarimiz bisyor.     



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5