O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Toshpo‘latov Nusratillo

Toshpo‘latov NusratilloTexnika fanlari nomzodi, dotsent

    Nusratillo Topsho‘latov Sharq gavhari bo‘lmish Buxoroi sharifning G‘ijduvon tumanida 1959 yili tavallud topgan.
    Otasi Toshpo‘lat aka Buxoro viloyati, so‘ng G‘ijduvon tumani Qishloq xo‘jaligi Boshqarmalarida “Yer o‘lchovchi”, suv qidiruv ekspeditsiyasida boshliq, shuningdek, respublikamizning barcha viloyatlarida ichimlik suvi ta’minoti (vodoprovod) uchui quduklarni  qidirish va loyihalash ishlariga rahbarlik kilgan. Onasi Hanifa opa esa bolalar boqchasida tarbiyachi bo‘lib, u yerdagi bolalarning ko‘p tartibini kanday rejalashtirsa, to‘rt o‘g‘il va ikki qizini ham shunday talabchanlik va mehribonlik bilan voyaga yetkazdi. Nusratillo tumanda  8 - sonli o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagach, ota kasbining vorisi bo‘lish uchun Toshkent davlat irrigattsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish” fakultetiga o‘qishga kirdi. 1981 yilda mazkur institutni muvaffaqiyatli tamomladi. 1981 yilda umidli mutaxassisni institut “Qishloq energiya loyiha” institutining O‘rta Osiyo bo‘limiga yo‘lladi. Nusratillo ilk ish faoliyatini injener lavozimidan boshladi. U respublikamizning Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Xorazm kabi bir qator viloyatlarida yangi yoki kaytadan kurilayotgap ishlab chiqarish ob’ektlari, qishloq va suv xo‘jalik ob’ektlari, aholi turar joylari, maishiy ob’ektlarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilai ta’minlash bo‘yicha puxta, ishonchli hamda mukammal loyihalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Nusratillo Topo‘latov 1984 yilda Toshkent shahar hokimiyatiga qarashli “Toshshahartunnur” korxonasida injener dispetcher vazifasiga ishga o‘tdi. Tosh¬kent shaxar ko‘chalariga fayzli manzara beradigan yog‘dular bilai yorritilishida muhandislik iqtidorini ishga soldi. Bu orada N. Toshpo‘latov ilm olamidan ham yiroqlashmadi. 1985 yili Toshkent irrigattsiya na kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) ning sirtki aspiranturasiga o‘qishga kir¬idi... Nusratillo Toshpo‘latov 1986 yilda esa TIQXMMI ning bosh energetik lavozimiga ishga o‘tdi.1990 yildan esa Toshkent irrigattsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Qishlok va suv xo‘jalik elektr ta’minoti” kafedrasida dotsent lavozimida ishlay boshladi.,,1993 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi! Zakiy ustoz Nusratilllo Toshpo‘latov 1994 yilda TIQXMMI “Qishloq va suv xo‘jalik elektr ta’minoti” kafedrasida dotsent, 1995 yilda o‘rindoshlik asosida institutda “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti dekani muovini, 1998 yildan 2004 pilgacha TIQXMMI “Qishloq va suv xo‘jalik elektr ta’minoti” afedrasi mudiri, 2004 - 2011 yilda Toshkent irrigattsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioatsiya tizimlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti, 2011 - 2017 yil mazkur kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2017 yildan TIQXMMI “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Olimning o‘zi hamda mutaxassislar bilan hamkorlikda beshta monografiyasi, yurt iqtisodiga katta daromad keltirgan 16ta tavsiyanomasi, 7ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, respublikamiz va chet ellardagi nufuzli jurnallarda 40 dan ortik maqolalari chop etilgan. Nusratillo Toshpo‘latov 33 dan ortaq metodik ko‘rsatmalar muallifi hamdir. Ustozning ilm ummonidan hali ancha shogirdlar bahramand bulishi muqarrar!
    Nusratillo aka oilada xam rafiqasi bilan farzandlari: Jasur (O‘zbekenergo AJ “Ilmiy texnik markaz” MMJda ilmiy tadqiqotchi), Nargiza (Qorovulbozor tumanidagi “Sanoat kurilish  bankida” kadrlar boshqarmasi boshlig‘i), Sunnatillo (“Ekorn” kompaniyasida menenjer)larni tarbiyalab, elga qo‘shganlar...
    Yillar sinovidan o‘tgan murabbiy nabiralariga kelajakda yurtga munosib farzand bo‘lishlari uqtiradi. Uning bu hayotdan topgan hikmati oddiy va poyidor: “Bilganning bilagi tolmas!”



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5