O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Toshpo‘latova Nodira

Toshpo‘latova Nodira    Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti "Informatika asoslari" kafedrasi dotsenti Nodira Toshpo‘latova pedagogik faoliyati, ilmiy ishlaridan tashqari jamoat ishlarida ham ko‘zga ko‘ringan olima. Uning tashkilotchilik qobiliyatini sezib, universitet Xotin - qizlar tashkiloti raisi etib tayinlashdi. U bu ishonchni ham oqladi. Ushbu ilm dargohining xotin - qizlari nafaqat universitet, balki shahar miqyosida oliygohlar o‘rtasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar, ko‘rik - tanlovlarda, bayramlarda faol. Nodira Toshpo‘latovaning o‘ziga xos fazilati hamisha yumushi ko‘p bo‘lishidan qat’i nazar ochiq chehra bilan, tabassum bilan sizni qarshi oladi. Shuning uchunmi u bilan suhbatlashsangiz bahri dilingiz ochiladi. U samimiyligi, ishga mas’uliyati, bilimga intilishi, pedagogik mahorati tufayli ham hurmat - e’tiborga sazovor olima. 
  Nodira Toshpo‘latova 1981 yili ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning amaliy matematika fakultetini tamomlagan. O‘z mehnat faoliyatini esa Kibernetika ilmiy tekshirish institutidan boshlagan. So‘ngra ushbu institutning Aspiranturasini tugatib, 1993 yili “Ma’lumot oqimlarini taqsimlash, optimallashtirish - ma’lumot uzatish tizimlarining faoliyati samaradorligini oshirish usuli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ushbu mavzu bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, 55 ta ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar chop ettirdi. Jumladan: “Sravnitelniy analiz dvux metodov raspredelenie potokov v setyax svyazi”, “Algoritm i programma optimalnogo raspredeleniya nagruzki na dvux polyusnoy v seti svyazi”, “Internet tarmog‘ida ishlash” kabi axborot - texnologiyalariga oid qo‘llanmalar.
  Dotsent Nodira Toshpo‘latova talabalarga informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars beradi. U darslarni yuqori darajada o‘tishga, zamonaviy uslublardan foydalanishga, bor bilimlarini yoshlarga ulashishga harakat qiladi. Nodira Toshpo‘latova chuqur bilimi, dars o‘tish uslubiyati, o‘zgalar bilan muloqotda chuqur mulohazali, xushmuomalaligi bilan hamkasblari, talabalar o‘rtasida katta hurmatga sazovor.
  Nodira Toshpo‘latova xalqaro konferentsiyalarda maqolalari bilan qatnashgan.
  Nodiraxon oilali, ikki farzandning onasi, ular ham ilmni qadrlovchi yoshlar- dan, ikkovi ham oliy ma’lumotli.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5