O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Toshqulov Abduqodir

Toshqulov AbduqodirIqtisod fanlari nomzodi, dotsent

    Abduqodirning otasi Hamid aka (marhum), onasi Saodat ayalar farzandlarini ilmu ma’rifatli bo‘lishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdi. Ular (Munavvar, Abdumajid, Abdukodir, Umidullo, Saiobar, Xayrullo) ham o‘qib, hayotda o‘z o‘rinlarini topishdi... Abuqodir 1976 yil 29 avgustda Surxondaryo viloyatining tog‘li Boysun tumanida taval.lud topdi. 1993 yilda rus tiliga ixtisoslashgan o‘rta maktabni imtiyozli bitirib, shu yilning o‘zida Termiz davlat universitetiga o‘kishga kirdi. 1998 yilda mazkur oliygohni im-tiyozli diplom bilap tamomlab, moliya va kredit yo‘nalishi bo‘yicha iktisodchi - buxgalter mutaxassisligiga ega bo‘ldi. Uni universitetning “Moliya va solig‘; tizimi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimiga ishga olib kolishdi. Yigit 2000 - 2006 yil ushbu dargohda faoliyat yuritgan holda Samarqand kishloq xo‘jalik institutida, O‘zbekiston Bozor islohotlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy tadqiqotchi, mintaqaviy tkilotlar markazida ilmiy xodim, Termiz davlat universitetida dekap muovini, “Moliya” kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Surxondaryo viloyati filialida rahbar lavozimlarida xizmat kildi.
    2006 - 2010 yil Surxondaryo viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha yordamchisi hamda o‘rindoshlik asosida Ter¬miz davlat uiiversiteti “Moliya” kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi. Ammo izlanuvchan tadqiqotchi o‘zidagi ma’lumotni yetarli deb hisoblamas, shu soha bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishni istardi. 
    2005    yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining qator oliygohlarida,yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniig iktidorli yosh pedagog kadrlar “Iste’dod” jamg‘armasi granti sovrindori sifatida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida ilmiy stajirovka o‘tadi va qator xorijiy davlatlar ilmiy - amaliy anjumailarida o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Abduqodir Toshqulovning asosli va falsafiy tahlillari, xulosalari xamda chakliflari elning, ijtimoiy - siyosiy soha vakillarini bee’tibor koldirmadi. 2010 - 2017 yil  iqtidorli iqtisodchi A.Toshqulov ikki chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylandi. U Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud - huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatada samarali faoliyat ko‘rsatdi. O‘z saylov okrugida saylovchilar bilai 450 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazib, unda jami 45 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvlar jarayonida u 350dan ortiq murojaatlarni ijobiy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatdi. Utgan davrda OAV ortsali 750 dan ziyod chiqishlar qildi.
    A.H.Toshqulov iqtisodiyot sohasida yetuk olim bo‘lib kamolga yetdi. U iqtisodiyot, xususan soliq, bank va jahon moliyaviy – Iqtisodiy inqirozi va O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish muammolariga bag‘shplangan 100ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, 2 ta monografiya, 4ta o‘quv va uslubiy   qo‘llanmalar,   50   dai orti ilmiy maqolalar va tezislar muallifidir. Olimning sa’y - harakatlari bilan bir yil ichida universitetda ijtimoiy - ma’naviy muhit barqarorligi mustahkamlandi. 2018 yilda Termiz davlat universiteti O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari reytingida 54 - o‘rindan 17 - o‘ringa, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘gkazilgan respublika fan olimpiadasida 2 - o‘ringa ko‘tarildi. U qisqa muddatda fidokorona mehnat qilib, ta’lim - tarbiya berishda bor kuch va imkoniyatlarini ishga soldi, bilim va tajribasini ayamadi, universitet jamoasi va talaba - yoshlari o‘rtasida o‘zining jonkuyar va bilimdoi rahbar, tashabbuskor tashkilotchiligini  namoyon qildi. Abduqodir Xamidovich Toshqulov 2017 yildan buyon Termiz davlat universitetining rektori lavozimida faoliyat yuritayapti. Shuningdek, qahramonimiz el yukini yelkasiga olgan vatanparvar. U Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati, Surxondaryo viloyati hokimligining jamoatchilik Kengashi raisi.
    Olimning fayzli oilasi bor. Umr yo‘ldoshi Mavjudaxon (o‘qituvchi) bilan farzandlari: Zayniddin, Asliddin (o‘quvchilar) va Odinabonu (boshqa tarbiyalanuvchisi) larni fazlu kamolini ko‘rishdan umidvor ularning tarbiyasi uchun butun ilmu iqtidorlarini baxshida qilishgan...



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5