O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

To‘xtaboyeva Ma’sudaxon Abdurahmonovna

    Qishning yaldo  kechalaridan  birida  13 yoshli  qizaloq  Masudaxonning  tishi  og‘rib, mijja  qoqishga  yo‘l qo‘ymaydi. Tuni  bilan  yurib  chiqqan  Abdurahmon aka tong otishi bilan qizini tuman markazidagi shifoxonaga olib bordi. Do‘xtir xuzuridan og‘rikdan xalos bo‘lib chiqqan Ma’sudaxonning murg‘ak ko‘nglida tish do‘xtiri bo‘lish niyati tug‘ildi.
    Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1 - o‘rta maktabni tugatgach, otasining ruxsati bilan Toshkent tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga o‘qishga kirdi.
    Institutni tugatgach, turmush o‘rtog‘i Abdurashid Rashidovichning xizmat taqozosi bilan Gulistonga ko‘chib kelishdi. Ma’sudaxon shahar bolalar poliklinikasida shifokor - stomatolog bo‘lib ishga joylashdi. U bolalar sog‘lig‘ini ta’minlashda qo‘l ozodaligi bilan birga tish parvarishi ham nihoyatda muhimligi haqida tez - tez onalar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Mutaxassis sifatida qator maqolalar bilan vaqtli matbuotda qatnashib turdi.
    O‘z kasbini sidqidildan sevgan Ma’sudaxon bilim va malakasini oshirishga qaror qildi. 1969 yilda Moskvaga - Butunittifoq Markaziy stomatologiya ilmiy tekshirish institutiga klinik ordinator bo‘lib ishga kirdi. Shu bilan birga aspiranturada o‘qidi. 1974 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, ustozlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ma’sudaxon Abdurahmonovnaga shu yerda qolishni taklif qilishdi. Biroq mehribon oilasi, o‘g‘illarini juda - juda sog‘ingan Ma’sudaxon muvaffaqiyatini ham, baxtini ham jonajon yurtida topishiga ishonardi. U Gulistonga qaytib, viloyat markaziy shifoxonasida bosh shifokor o‘rinbosari bo‘ldi. Jonkuyar rahbar, bilimdon shifokor sifatida sirdaryoliklar hurmatini qozondi. Birok 1982 yilda oilaviy sharoit tufayli ular Toshkentga kelishdi. Ma’sudaxon Abdurahmonovna 1 - markaziy poliklinikada sevimli kasbini davom ettirdi. Fidoyiligi, mehnatsevarligi, o‘z kasbiga sadoqati bilan ko‘p o‘tmay yangi jamoada ham e’tirofga sazovor bo‘ldi. Mana 27 yildirki Sog‘liqni saqlash a’lochisi. M. To‘xtaboyeva 1 - son bolalar stomatologiya poliklinikasi shifokori. Opa 19 yil jamoatchilik asosida Toshkent shahar bosh stomatologi bo‘lib mehnat qildi. Bu davrda uning tashabbusi bilan ko‘plab maktablarda stomatologiya kabinetlari tashkil qilindi.
    U ishxonada tadbirkor rahbar, oilasida esa saranjom - sarishta beka, farzandlari kamoli uchun gamxo‘r, ziyoli ona bo‘ldi. Ulug‘bek va Alisher onalari orzu qilganidek nihoyatda bilimdon, ko‘rgan kishining havasi keladigan ma’naviyatli yigitlar bo‘lib kamolga yetdi. Ammo hayot har doim ham boshimizni silayvermaydi. Uning ham o‘z sinovlari, imtihonlari bor. Ma’sudaxon opa ham hayotning ana shunday sinoviga bardosh berdi.
    Hayotdan bevaqt ko‘z yumgan o‘g‘li Alisher nomini qalbida avaylab - asrash, beayov sog’inch taftini bosish uchun xususiy firmasini uning nomi bilan atadi. Shukurki, hayotda yaxshi odamlar ko‘p. Bu og‘ir damlarda ular Ma’sudaxonga tayanch bo‘lishdi. Ayniqsa, qizidan ham a’lo bo‘lgan kelini Odinaxon hamisha yonida turib, unga ma’naviy kuch bo‘ldi. Ulug‘bek, Odinaxon, nabiralari Boburjon va Odiljonlarning g‘amxo‘rlik va mehribonliklari tufayligina u hayotga yana kulib qaray oldi. Qalbida jigarlariga, keliniga bo‘lgan mehr qayta jonlandi.
    Odinaxon bu xonadonga kelin bo‘lib tushgan kundan buyon oradan yigirma yildan ko‘p vaqt o‘tdi. Bu davr ichida Odinaxon nafaqat kelin, balki sirdosh do‘stga, darddosh jigarga, mehribon qizga aylandi.
    - O‘sib kelayotgan yosh avlodning tishlari durdek oppok va mustahkam bo‘lishi uning ichki organizmlarining sog‘lom bo‘lishiga kafolat, - deydi opa.
    Opa rahbarlik qilayotgan stomatologiya poliklinikasi maktab bolalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Toshkent shahrida birinchi o‘rinda turadi. Ma’sudaxon Abdurahmonovna tajribali shifokor sifatida ham jamoasini muvaffaqiyatlarga erishishiga bosh - qosh. Baxtini kasbidan topgan shifokor Ma’suda To‘xtaboevaning yana ko‘p yillar kishilar dardiga darmon bo‘lishiga ishonamiz.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5