Texnika fanlari nomzodi , dotsent
1937 yil 5 avgustda Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1955 yili Farg‘ona shahridagi 1 - maktabni tamomlagach, Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni 1961 yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi va shu yildan fizika kafedrasida o‘qituvchi lavozimiga ishga qoldirilgan.
1965 - 1966 yillarda ilmiy - tadqiqotchi, 1967 - 1970 yillarda Toshkent davlat universitetida yarim o‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha aspiranturada o‘qidi. 1972 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy drajasini olish uchun dissertatsiyasini himoya qildi. 1978 - 1984 yillarda industrial - pedagogika fakulteti dekani lavozimida ishladi. 1973 - 1978 yillari ishlab chiqarish asoslari kafedrasi mudiri, 1976 yildan dotsent.
1984 yili Yu.A. Ganin bilan hammualliflikda “Radiotexnika” o‘quv qo‘llanmasini birinchi bo‘lib o‘zbek tilida nashr qildirdi.
1976 - 1986 yillarda Respublikada talim vazirligi qoshidagi mehnat talimi uslubiy kabineti azosi bo‘lgan.
1991 yilda ko‘p yillik samarali ishlari va ijtimoiy - siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti tomonidan Faxriy yorliq bilan mukofotlangan.