O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

To‘xtoboyev Ahmadjon Adashevich

To‘xtoboyev Ahmadjon Adashevich    Ahmadjon Adashevich To‘xtaboev 1966 yil 17 noyabrda  Namangan viloyati  Uychi tumani Jiydakapa qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1974 - 1984 yillarda Jiydakapa qishlog‘idagi  2 - o‘rta  maktabda o‘qigan.
    1984 - 1991 yillarda Toshkent irrigatsiya  va qishloq  xo‘jaligini  mehanizatsiyalashtirish  muhandislari institutida o‘qigan. 1984 - 1986 yillari  harbiy xizmatda bo‘lgan.
    1991 — 1992 yillarda Uychi tumani ichimlik suvi ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonasida 1 - darajali ish yurituvchi vazifasida ishlagan.
    1993 —    1994 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida stajyor - tadqiqotchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
    1994 — 1997 yillari shu institut aspiranturasida tahsil olgan. 2002 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida “Materialning yopishqoq - elastik xususiyatini va gidrodinamik suv bosimini hisobga olganda to‘g‘on - plastinaning tebranishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.
    A. To‘xtaboevning dolzarb mavzulardagi 3 ta maqolasi xorijda (Rossiya, Qozog‘iston), 40 dan ziyod ilmiy - uslubiy maqolalari respublika ilmiy jurnallari va to‘plamlarda chop etilgan.
    1998 — 2002 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida assistent lavozimida ishlagan.
    2002 yil sentyabr oyidan Namangan muhandislik -  pedagogika institutida dotsent vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelmoqda. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5