O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

To‘ychiyev Nabijon G‘afurovich

Biologiya fanlarin nomzodi, dotsent

    1933 yil 13 yanvarda  Namangan  viloyati  Norin  tumani Xonobod  qishlog‘ida  tavallud topgan. 1950  yilda   Norin  tumanidagi  o‘rta maktabni  imtiyozli tamomlab, Farg‘ona  davlat pedagogika institutiga   o‘qishga kirgan. 1954 yilda  biologiya - ximiya  fakultetini   biolog - ximik  ixtisosligi  bo‘yicha  imtiyozli  baholar bilan  tamomlab, institutining  ximiya hamda  botanika  kafedralarida  assistent lavozimida faoliyat olib borgan.
  1958 yildan O‘zbekiston  Qishloq  xo‘jaligi  akademiyasi  qoshidagi  aspiranturaga  o‘qishga kirib, 1961 yilda o‘simliklar  fiziologiyasi  ixtisosligi  bo‘yicha ilmiy  ish olib borgan holda  nomzodlik  dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli  himoya qildi.  1961 yildan boshlab Farg‘ona davlat  pedagogika  instituti  botanika kafedrasida  ish faoliyatini  davom ettirdi.
  N. To‘ychiyev 1965 - 1968 yillar   davomida  Andijon  paxtachilik  instituti  ochilgach, botanika  va o‘simliklar  fiziologiyasi kafedrasi mudiri, 1968 yildan  boshlab   Farg‘ona pedagogika  instituti ximiya - biologiya fakultetini dekani, 1976 yildan esa qishloq xo‘jaligi   kafedrasi mudiri   lavozimlarida ishladi.
  Imzolangan  xo‘jalik  shartnomalari  asosida qishloq xo‘jaligi  zararkundalariga  qarshi biologik kurash yo‘nalishida   1980 - 1985 yillar  davomida  ilmiy –tadqiqot ishlarini  olib bordi.  Shuningdek, sobiq  Ittifoq  Fanlar   akademiyasining   fizika - yadro  ilmiy tekshirish instituti  bilan   hamkorlikda xlorafill matseriyasini lazer  nurlari orqali   o‘simlikshunoslikda   foydalanish borasida ilmiy - tadqiqot  ishlarini olib bordi. 1984 yilda  o‘tkazilgan  Butunittifoq   xalqaro konferentsiyasida  bu usuldan  foydalanish borasidagi  tadqiqot hulosalari  bilash ishtirok etdi. 
  Umrining oxiriga qadar  Farg‘ona  davlat universiteti  tibbiyot - geografiya  fakulteti  botanika kafedrasida  faol mehnat qildi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5