O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

To‘ychiyev Timur Ortiqovich

To‘ychiyev Timur OrtiqovichTexnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

    1985 yil 3 yanvarda Rishton shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriaturani tamomlagan. 2007 yili mazkur institut magistraturasini “Paxtaga dastlabki ishlov berish” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2007 - 2010 yillarda “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasida aspiranturada o‘qigan. 2010 - 2013 yillarda “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasi assistenti, 2013 - 2017 yillarda “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti, 2018 yildan boshlabesa “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
    2018 yilda “Paxtani tozalash texnologik jarayoniga tayyorlash va ta’minlagichni takomillashtirgan holda tozalash mashinasi samaradorligini oshirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  dissertatsiya ishini himoya qilgan. Shu kungacha 40 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan, jumladan, 12 ta ilmiy maqola, 5 ta patent muallifidir. TLuychievning 4 o‘quv qo‘llanmasi, 12 ta uslubiy qo‘llanmalari nashr etilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tayyorlangan ishlanmasi 2016 yilda yoshlarning “Innovatsion g‘oyalar” Respublika ko‘rik - tanlovi sovrindori bo‘lgan.
    Tashkilotchiligi va yoshlar bilan ishlash qobiliyati, qolaversa, mas’uliyatliligi bilan professor - o‘qituvchilar va talabalar orasida obro‘ - e’tibor topgan. Kafedra mudiri lavozimida iqtidorli talabalar va yosh professor - o‘qituvchilarni  ilmiy ijodiy ishlarga yo‘naltirishga, ta’lim jarayonini paxta sanoati rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari tajribalaridan foydalanib tashkil etishga katta ahamiyat bermoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5