O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tulenova Gulmira Jandarovna

    Tulenova Gulmira Jandarovna 1961 yilda Olma - ota shahrida tug‘ilgan. Ular oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelgach, o‘qishni shu yerda davom ettirdi. Orzusi jurnalist bo‘lish edi. Shu niyatda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1983 yilda uni tugatgach, universitetning falsafa kafedrasida tadqiqotchi - izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. So‘ng 1985 yilda aspiranturaga o‘qishga kirdi. Dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagach, 1989 - 1993 yillarda Rus tili va adabiyoti pedagogika  institutining falsafa kafedrasida muallimlik qildi. O‘z fanining chuqur bilimdoni ekanini isbotlasada yana va yana kitob o‘qirdi. Fanidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi bir sari, Gulmira Jaidarovna badiy adabiyot qahramonlarini talabalar ko‘ngliga olib kirishni xam istardi. U ikki fanning — falsafa va adabiyotining bir - biri bilan uzviy bog‘liqligini qayta - qayta uqtirardi. Har bir talabaning shaxsiy kutubxonasi bo‘lishi zarurligini ta’kidlar, bunday kutubxonaning ular va ular atrofidagi do‘stu birodarlari uchun xazinaga aylanishi mumkinligini tushuntirardi.
    Gulmira Tulenovani 1993 yilda Toshkent Elektronika aloqa institutining falsafa kafedrasiga katta o‘qituvchi lavozimiga taklif etishdi. U ko‘p o‘tmay dotsentlik ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Ma’lumki, Toshkent Elektronika aloqa instituti Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetiga aylantirildi. Mana, Gulmira Jandarovna 1999 yildan hozirgacha O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Uch farzandning onasi, oila bekasi Gulmira Tulenovaga katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya80