O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Turdiboyeva Ra’no Eshboyevna

Turdiboyeva Ra’no Eshboyevna    Toshkent Davlat Agrar universiteti dotsenti, huquqshunoslik fanlari nomzodi Turdiboyeva Ra’no Eshboyevna tajribali pedagog, mohir tashkilotchi, zukko rahbar bo‘lish bilan birga ilm - fan olamida o‘z ilmiy faoliyati, erishgan yutuqlari bilan ko‘zga ko‘ringan yetuk olima.
  1994 yil Toshkent Davlat Pedagogika institutining Tarix va huquq fakultetini tugatgan Ra’no Turdiboyeva o‘z ish faoliyatini o‘rta maktabda yoshlar yetakchiligidan boshlagan.
  1996 yildan buyon Toshkent Davlat Agrar universitetida “Hukuqshunoslik”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, “Inson huquqlari” fanlaridan dars berib kelgan. Universitetda o‘z faoliyatini assistentlikdan boshlab, dotsent, kafedra mudiri lavozimigacha ko‘tarilgan. Shu bilan bilan bir qatorda, 2007 yildan hozirgacha ToshDAU qoshidagi akademik litsey direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
  U o‘zining faolligi, mehnatsevarligi va topshirilgan ishlarga mas’uliyat bilan yondoshganligi bois jamoada hurmat qozonib kelmoqda.
  Litsey o‘quvchi - yoshlari ma’naviyatini yuksaltirish, ularni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. U yoshlar tarbiyasiga oid davlat siyosatining faol targ‘ibotchisidir.
  Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash yosh avlodni bilimli, o‘z fikriga ega insonlar etib tarbiyalashdagi fidokorona xizmatlari bilan viloyatda va tumanda hurmat qozonib kelmoqda.
  2001 yilda Ra’no Turdiboyeva “Talaba yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. U ilmiy pedagogik faoliyati davrida 100 dan ortiq, jumladan, 63 ta maqola, 2 ta ilmiy monografiya, 1 ta yuridik ma’lumotnoma, 7 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta ma’ruza matni va 41 ta tezis chop etdi. R.Turdiboyevaning 2011 yil “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish muammolari” nomli monografiyasi, “O‘z huquqlaringizni bilasizmi? 450 savolga 450 javob” nomli yuridik ma’lumotnomasi hamda 2012 yil “O‘MKHT muassasalarida voyaga yetmaganlar bilan ishlashni tashkil etish” nomli me’yoriy - uslubiy  majmualari chop etildi. 2014 yil “Yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish” mavzusidagi kitobi nashr etildi. Shuningdek, viloyatda birinchilardan bo‘lib “Huquqshunoslik” fanidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘quv - uslubiy majmua yaratib, ommalashtirishga tavsiya qilindi. Ommaviy axborot vositalari orqali dolzarb mavzularda maqolalar chop etib boradi. Jumladan, erta turmush qurishning huquqiy oqibatlari, yoshlarda tinchlik madaniyatini va huquqiy madaniyatni shakllantirish muammolari, odam savdosiga qarshi kurashish, ta’lim olish huquqini ta’minlashda ota - onalarning mas’uliyati, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash kabi dolzarb mavzularda gazeta va jurnallarda qator maqolalar chop etib kelmoqda.
  Dotsent Ra’no Eshboyevna Respublika va Toshkent viloyati xotin - qizlar qo‘mitasi boshqaruv kengashi a’zosi. Ombudsmanning Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakilining ekspert guruhi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi” eksperti sifatida jamoatchilik asosida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
  Ra’no Turdiboyeva ish faoliyati davomida bilimliligi, mehnatsevarligi, intizomliligi, tashabbuskorligi, talabchanligi, fidoyiligi bilan nafaqat jamoada, balki viloyat miqyosida hurmat va e’tibor qozondi. Ushbu xizmatlari uchun 2011 yil “Mustaqillikning 20 yilligi” esdalik nishoniga sazovor bo‘lgan. Toshkent Davlat Agrar universitetida va akademik litseyda Ra’no Turdiboyevadan tahsil olgan shogirdlari, bugungi kunda jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib, turli jabhalarda faoliyat yuritib kelmoqda.
  Ra’noxon oilali, uch nafar farzandi bor.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5