Texnika fanlari nomzodi,dotsent
1958 yil 24 fevralda Farg‘ona tumani Mindon qishlog‘ida tavallud topgan. 1964 yilda o‘rta maktabning o‘rta 1- sinfiga o‘qishga kirdi va 7 - sinfni tamomlagach, Toshkent shahridagi yosh fiziklar va matematiklarning maxsus maktab – internetida o‘qishni davom ettirdi. Maktab - internetni muvaffaqiyatli tamomlab, 1974 yilda ToshDUning matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1979 yilda universitetni funtsional analiz mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi va yo‘llanma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida mantiqiy programmalash laboratoriyasida dasturchi muhandis lavozimida ish boshladi. So‘ngra 1982 yili ushbu institutning mikroelektron apparaturalarni loyihalash ilmiy tekshirish laboratoriyasida aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlab, 1986 yili yo‘llanma asosida Farg‘ona davlat pedagogika institutiga ishga keldi. Bu yerda datlab informatika kafedrasi o‘qituvchisi va katta o‘qituvchi lavozimlarida ishladi.
M. Turdimatovga 1992 yili dotsenti lavozimi berildi.
1993 - 2000 yillarda kompyuter texnikasining amaliy tadbiqlarini amalga oshirish maqsadida FarDU qoshida “ALJABR” nomli fan va texnika muammolari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tekshirish korxonasini tashkil qilib, unga rahbarlik qildi.
M. Turdimatovni 1995 yili Toshkent davlat texnika universitetining rabotatexnika kafedrasiga doktoranturaga qabul qilishdi. U yerda uch yil davomida o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Jumladan, matematik funktsiyalarni hisoblash qurilmasini soddalashtiruvchi matematik model ixtiro qildi va uni davom ettirib, barcha murakkab matematik masalalarni yechishga moslashtirilgan soprotsessor qurilmalarni yaratdi.
2003-2005 yillari Farg‘ona davlat universiteti tatbiqiy matematika va programmalashtirish kafedrasi mudiri lavozimida ishladi . Fakultet qoshida yangi yo‘nalishlar tashkil bo‘lishi hisobiga kafedra nomi amaliy matematika va informatika kafedrasi deb nomlandi. M.Turdimatov bu kafedrada 2008-2009 yillari mudir vazifasini bajardi.