O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Turg‘unov Nurmatjon

Turg‘unov Nurmatjon    1944 yil 1 oktyabrda Samarqand  viloyati  Nurota  shahrida xizmatchi oilasida  tug‘ilgan.
    1951 - 1961 yillarda Qo‘qon shahridagi A. Umariy nomli  o‘rta  maktabda o‘qib, uni kumush  medal bilan bitirgan.
    1961 - 1970 yillarda A.Navoiy  nomli Samarqand  davlat universitetining mexanika - matematika fakultetida o‘qigan.1963 - 1967 yillarda harbiy - dengiz flotida xizmatda bo‘lgan. 1965 yili namunali xizmati uchun “20 let Pobed!” medali va “Za dalnsh poxod” ko‘krak nishoni bilan taqtsirlangan.
    1970 - 1972 yillarda Ukraina Fanlar akademiyasining Matematika institutida stajyor - tadqiqotchi bo‘lib ishlagan, 1972 - 1975 yillarda esa shu institut aspiranturasida o‘qigan.
    1975 yilda akademik Yu. A. Mitroposkiy va professor A. A. Berezovskiy rahbarligida “Asimptoticheskie metod! v nelineynnx zadachax sterjney, plastin i obolochek” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
    Ilmiy ishlari yuqori chastotali davriy kuchlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan “Guk qonuniga bo‘ysunuvchi elastik jismlarning turg‘unligini kuchaytirishga bag‘ishlangan bo‘lib, olingan ilmiy natijalar 1974 - 1975 yillarda “Ukraina matematika jurnali”da va Matematika institutining bir qancha ilmiy ishlar to‘plamida chop etilgan.
    1976 - 1982 yillarda Farg‘ona politexnika instituti oliy matematika kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchi va umumta’lim kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
    1982 yildan beri Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi NamMPI) oliy matematika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. Hozirgi kunda ham ilmiy izlanishlarni davom ettirib, olingan natijalari bilan xalqaro va respublika konferentsiyalarida qatnashib kelmoqda.
    Ilmiy - pedagogik faoliyati davomida 22 ta ilmiy maqola, 30 ta uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalarni chop ettirgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5