O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Turg‘unoy Egamberdiyeva

   Turg‘unoy Egamberdieva «O‘zbekiston Respublikasi ma’naviy hayotida ayollar faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari» mavzuida dissertatsiya yoqlab, pedagogika fanlari doktori ilmiy maqomini olib, viloyatdagi fan doktori, professor ayollarning to‘rtinchisi bo‘ldi.
    Turg‘unoy qadim va navqiron Marg‘ilonda xizmatchi oilasida tavallud topdi, Otasi Ahmadjon aka harbiy mutaxassis bo‘lib, uzoq yillar davomida o‘t o‘chiruvchilar jamoasi rahbari, Miltiqsoz mahallaqo‘mi raisi, onasi Oftobxon aya tarbiyachi bo‘lib xizmat qilishdi. Turg‘unoy Ahmadjonovna maktab, keyinroq bog‘chada ishlab turib, Farg‘ona pedagogika institutida talaba, shahar radiosida suxandon va yana ko‘plab mas’uliyatli vazifalarda ishlagan. Farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti professori singari faoliyat yo‘lida hamon davom etyapti. Bir necha monografiyalar, yuzdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shu ikkigina jumlaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Turg‘unoy Egamberdievaning salkam ellik yillik mehnat faoliyati jam bo‘ldi.
    Butun faoliyatini millat ma’naviyatini boyitishga baxsh etgan Turg‘unoy opa milliy qadriyatlar va an’analarni nihoyatda e’zozlaydi. U bu qadrni oilada ham baland tuta bildi. Taqdir uni oilani, ayolni muqaddas bilganlarga ro‘baro‘ qilganidan hamisha baxtiyor so‘zlaydi. Qaynonasi Tojixon aya, turmush o‘rtog‘i Ibrohimjonlarga hech qachon el-yurt xizmatida bandligini ro‘kach qilgan emas, kelinlik, bekalik maqomidan aslo chekinmagan. Zero, umr yo‘ldoshi, Ibrohimjon aka dorishunos, oilada sarkorlikni, umr yo‘ldoshilikni, uch o‘g‘ilga otalikni, qaynota-yu, buvalikni ham o‘rni-o‘rniga qo‘yadi.
    «Alloh sizni bekam yaratgan, hamon go‘zalsiz, uni qanday asray olyapsiz», deya so‘raguvchilarga qahramonimiz so‘zamollik bilan shunday javob qiladi: «El nazaridagi ayol bunga hamisha erishmog‘i kerak. Ayol kishida ozgina hafsala bo‘lsa, bunga erisha oladi. Axir har birimiz Allohning omonatimiz, omonatga xiyonat qilib bo‘lmaydi-da». O‘z baxtini el-yurt oldida qilayotgan beminnat xizmati, totuv oilasi, sadoqatli shogirdlarida, deb bilgan Turg‘unoy opalar bois Farg‘ona ayollarining ko‘ksi baland, parvozi yuksak.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar85



Tabiiy fanlar5



Filologiya5