O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ubaydullayev Murodil Islomovich

Fizika - matematika  fanlari nomzodi, dotsent

    1949 - yil 15 iyulda Farg‘ona tumani Mindon qishlog‘ida tavallud topgan. Qishloqdagi 10 - o‘rta  maktabni 1967 yilda tamomlab, Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona davlat pedagogika  institutining fizika fakultetiga o‘qishga kirgan. 1970 yildan 1972  yilgacha  talabalar  ilmiy uyushmasi  raisi  vazifasini  bajargan.1972 yilda  oliyglhni tamomlab, fizika va umuiy texnika  fanlari o‘qituvchisi  mutaxassisligiga ega bo‘ldi.
  Shu yildan boshlab institutning fizika fakulteti ilmiy laboratoriyasida shogird - tadqiqotchi bo‘lib ish boshladi. 1976 yildan fizika kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida pedagogik faoliyatini ilmiy tadqiqot ishlari bilan birgalikda davom ettirdi. 1982 yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Fizika institutida aspiranturada shug‘ullanib, 1987 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1986 yildan boshlab fizika kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab kelgan.
  Shu davrlarda fizika - texnika fakulteti talabalariga “Nazariy fizika” ning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi, seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
  Ilmiy yo‘nalishda izlanishlarni davom ettirib, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Yu.V. Kopayev ilmiy maslahatchiligida “Kuchli tartibsizlashgan yarim o‘tkazgichlarda 0,5 - M,2 K temperaturalar orasidagi EPR va shovqin spektrlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini nihoyasiga yetkazgan. 2006 yilda ilmiy Kengash muhokamasiga topshirish uchun tayyor holatga keltirgan. Bu ilmiy yo‘nalish bo‘yicha 45 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. Uchta mualliflik guvohnomasini olgan. O‘zbekistan Respublikasi Patentlar va ixtirolar idorasiga 6 ta yangi kashfiyot taklif etgan. Nazariy fizika fanini o‘qitish uslubiyotidan “Elektrodinamikaning nazariy asoslari”, “(BiSb)2Te3 asosidagi yupqa pardalarga lazer nurlarining ta’siri hodisasini o‘rganish”, va “9 Ggts takrorlikda ishlovchi O‘YuT generatorlarda fluktatsiya hodisasini o‘rganish” nomli metodik tavsiyanomalarni chop ettirgan.
  2004 yildan 2006 yilga qadar “Nazariy fizika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5