Qodirjon Mahamadaminovich Umarqulov 1973 yil 29 avgustda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Elatan qishlog‘ida ziyolilar oilasida tavallud topgan.
1980 - 1990 yillarda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 14 - o‘rta maktabda tahsil olgan.1991 yilda Namangan davlat pedagogika instiutining (hozirgi Nam-DU) matematika fakultetiga o‘qishga kirib,uni 1996 yilda tomomlagan va matematika o‘qituvchisi mutaxassisligini olgan.
Mehnat faoliyatini 1996 — 1997 yillarda Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Yashinobod” savdo matbuot hissadorlik jamiyatida hisobchi vazifasida boshlagan.
1997 — 2000 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil olgan.
2000 — 2002 yillarda “Yashiqobod” savdo matlubot hissadorlik jamiyatidagi hisobchilik ishini davom ettirgan.
2002 yilda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Ixtisoslashgan kengashda “Mulkchilikning turli shakllari sharoitida yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi” (Namangan viloyati yengil sanoat korxonalari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
2003 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik pedagogika instituti iqtisodiyot fakulteti menejment kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U bir necha respublika va xorij miqyosida o‘tkazilgan ilmiy - amaliy konferentsiyalar ishtirokchisidir. 5 ta ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Q. M. Umarqulov o‘zining ilmiy - pedagogik faoliyati bilan ilm - fan taraqqiyoti va malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda “Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish muammolari” mavzusida ilmiy - tadqiqot olib bormoqda.