Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent
1938 yil 24 aprelda Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Yakkatut tumanidagi 3 - o‘rta maktabni tamomlagan. 1956 yilda Qo‘qon texnikumining temir yo‘l brigadori bo‘limini bitirib, 1960 yilga qadar Xovos temir yo‘llar bekatida ishlagan.
1963 yili Toshkent davlat universiteti biologiya – tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, 1968 yilda tamomlagan. O‘qishni tamomlab, Andijon paxtachilik institutida assistent lavozimida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan, faoliyati davomida o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya fanlaridan dars bergan.
1972 yilda Toshkent paxtachilik ilmiy tekshirish institutiga aspiranturaga kirgan. 1979 yilda “Vliyanie mikroelementov na produktivnost xlopchatnika i na deyatelnost mikroorganizmov v zavisimosti ot mineralniyxudobreniy” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
1993 - 2013 yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti umumiy ekologiya va botanika kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan.