Akramjon Hakimovich Umurzoqov 1963 yil 10 fevralda Namangan viloyati Chortoq tumanida Kushon qishlog‘ida xizmatchi oilasida tugilgan.
1979 yili Chortoq tumanidagi 42 - o’rta maktabni olin medal tomomlagan.
1985 yili toshkent politexnika institutini “Gidromelioration ishdarni mexanizatsiyalash” mutaxasisligi bo‘yicha tamomlagan. 1985 yilda yosh mutaxassis sifatida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga ishga yuborilgan.
A. H. Umurzoqov mazkur institutda katta laborant, muhandis, stajyor - tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan hamda shu institut aspiranturasining kunduzgi bo‘limida o‘qigan.
1986 - 1987 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan.
1987 - 1989 yillarda Moskva mashinashunoslik institutida stajyor – tadqiqotchi bo‘lgan.
1993 yili O‘zFA Mexanika institutining Ixtisoslashtirilgan kengashida “Yuqori chastotali tebranishlar vositasida boshqariladigan friktsion mexanizmlarni ishlab chiqish va tadqiq etish” mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy larajasiga erishgan.
U 1992 - 2000 yillarda Namangan sanoat - texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) assistent, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, dotsent lavozimlarida ishlagan.
Ilmga bo‘lgan intilish va qiziqishlar tufayli u 2000 - 2003 yillarda O‘zFA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti doktoranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil olgan. Uning ilmiy - tadqiqot ishlari yo‘nalishi mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashinalar dinamikasi bo‘yicha bo‘lib, shu sohadagi respublikamizning taniqli olimlari bilan ilmiy hamkorlikda ish olib bormoqtda.
2003 yil dekabrdan boshlab NamMPIning ilmiy - tadqiqot bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
U O‘rta - maxsus ta’lim markazi buyurtmasiga binoan 2001 yili “Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” kitobini rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Mazkur kitob “Mehnat” nashriyotida chop etilgan bo‘lib, undan kasb - hunar kollejlarida darslik sifatida foydalanilmoqda.
Olimning hozirgacha 40 ta ilmiy - uslubiy maqolalari xorij va respublika ilmiy nashrlarida chop etilgan. 4 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasiga ega.