Geografiya fanlari nomzodi, dotsent
1932 yil 15 mayda Farg‘ona viloyati Rishton tumani Buloqboshi qishlog‘idaa tug‘ilgan. 1950 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1950 - 1951 yillarda Rishton tumani kutubxonasida kutubxona mudiri lavozimida ish boshlagan. Shu bilan birga Chexov nomli boshlang‘ich talim maktabida faoliyat olib bordi. O‘qituvchilik kasbiga qiziqqan R. Usmonov 1952 yili o‘z ilmini oshirish maqsadida Farg‘ona davlat pedagogika institutining geografiya fakultetiga o‘qishga kirib, 1956 yili imtiyozli diplom bilan tugatdi.
Institut yo‘llanmasi bilan Qozog‘iston viloyati Qoratosh tumanidagi Turbat qishlog‘idagi 3 - o‘rta maktabga geografiya o‘qituvchisi sifatida ishga yuborildi. 1959 - 1962 yillar davomida maktab direktori lavozimida ishladi. 1962 - 1966 yillar davomida Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi 11 – o‘rta maktabda direktori lavozimida faoliyat olib bordi. 1966 - 1968 yillarda Bag‘dod tumani xalq talimi bo‘limida inspektor bo‘lib ishladi.
1968 yili yanvar oyidan Farg‘ona davlat pedagogika instituti geografiya kafedrasiga ishga taklif etildi. Ilmiy izlanishni doimo havas qilib yurgan R.Usmonov shu yildan boshlab kafedrada o‘z faoliyatini boshladi. U ilg‘or kafedra o‘qituvchilari darslarida bo‘lib, saboq oldi va o‘z ustida ishlash bilan birga fakultet kasaba uyushmasida ham raislik qildi.
1972 yil 27 sentyabrda Toshkent davlat universiteti geografiya fakulteti qoshidagi katta ilmiy Kengashda R.Usmonov “Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari atrofi xo‘jaligini rivojlantirishning iqtisodiy - geografik muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1972 yil noyabrda geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.