Texnika fanlari nomzodi, dotsent
1943 yil 10 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. 1969 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlab, Farg‘ona politexnika institutida laboratoriya boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. 1970 yil Farg‘ona davlat pedagogika instituti fizika kafedrasiga assistent lavozimiga taklif qilindi.
1971 yili Farg‘ona pedagogika institutining fizika kafedrasi shogird -tadqiqotchisi bo‘ldi. 1972 yili aspiranturaga kirib, ilmiy ishini bajarish uchun Moskvadagi Krijijanovskiy nomidagi Energetika institutiga yuborildi. 1975 yili aspiranturani muvaffaqiyatli tamomladi.
1976 -1977 yillarda fizika texnika fakulteti dekani o‘rinbosari, 1977 - 1988 yillarda umumtexnika kafedrasi mudiri, 1988 - 1989 yillarda industrial -pedagogika fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 1979 yili Moskvadagi Pshlat va qotishmalar institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1983 yildan buyon dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
1989 - 1993 yillari industrial - pedagogika fakulteti dekani, 1999 - 2000 yillarda fizika - texnika fakulteti dekani lavozimlarida faol mehnat qildi. 2001-2004 yillari akademik litsey, kasb - hunar kollejlari va marketing xizmati bo‘yicha prorektor, 2004 - 2007 yillarda kasbga o‘qitish uslubiyoti kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.