Naira opa bugun xar kungidan ham barvaqt turdi. Olloxga xamdu sanolar qildi. Yorug‘ tongni bag‘ributunlik bilan karshilagani uchun, tillarining biyron so‘zlagani uchun, nabiralarining mexridan baxramand bo‘lgani uchun — xamma- hammasi uchun shukronalar qildi. U bugunning qadrini shunchalar chuqur his qilardiki, shu kun, shu xayot uchun yana nimadir kilgisi kelardi. U bir umr kunlarini qadrlab yashadi. Lekin bugungi kun... O‘smirlik yoshiga o‘tgan mustaqillik uning ruxiga ko‘tarinqilik baxsh etar, qani endi yosharsayu xizmat qilaversa-qilaversa. Voy, nega unday deyapti? Axir yoshi allaqachon yetmishdan oshib ketgan bo‘lsa ham tinmaydi-ku. Haligi ... qosh-ko‘zlari popukdek, ovozlari qo‘ng‘iroqdek xonanda qiz kuylaydi-ku: «jonim fido, umrim fido elimga» deb. Bu ko‘shiqchi go‘yo uning dilidagini aytayotgandek.
Naira opa o‘zicha xirgoyi qilgandek bo‘ldi. Albatta, uning ovozini o‘zidan boshqa hech kim eshitmadi. Ammo yuragi allanechuk talpinib ketdi. Ko‘zida yosh qalqidi. Bu o‘tgan kunlari, qilgan xizmatlari uchun go‘yo rizolik yoshi edi...
Usmonova Naira Xolmatovna 1934 yilning 26 aprelida Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1952 yili o‘rta maktabni tugatib O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetiga kirdi va uni muvaffaqiyatli tamomladi. Talabalik yillaridayoq jamoatchilik ishlarida faol qatnashgan, ayniqsa badiiy chiqishlari maftunkor bo‘lgan edi.
Universitetni bitirgach, aspiranturaga o‘kishga kirdi va uni ham muvaffaqiyatli tugatib, dissertatsiya himoya qildi. Avval laborant, keyin o‘qituvchi bo‘lib tarix va sharqshunoslik fakultetlarida 40 yil davomida xizmat qildi. U asosan «O‘zbekiston tarixi»dan dars berdi va talabalar xurmatiga ega bo‘ldi. Bir necha metodik darsliklar yozgan, shuning barobarida qator sermazmun maqolalar muallifi ham. Jamoat ishlarida faol qatnashib, «Bilim» jamiyatining notig‘i sifatida turli mavzularada lektsiya va suxbatlar uyushtirgai.
Umr yo‘ldoshi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Boriy Xo‘jevning hujjatli filmlari matnini yozishida asosiy yordamchisi xam Nairaxon opa edilar.
Hozir nafakada bo‘lsa xam N.Usmonova jamoa ishlarida faol. U Toshkeit shahar «Mahalla» jamg‘armasining «Qalb e’tiqodi» davrasi va « Nazokatli Ayollar» markazining a’zosi. Bir necha bor respublika «Maxalla» jamg‘armasi va Xotin-kizlar qo‘mitasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.