Nodiraxon Orifjonovna Usmonova 1967 yil 11 mayda Namangan shahrida tavallud topgan.
1984 yilda shahardagi 6 - o‘rta maktabni tamomlab, Namangan davlat pedagogika instituti (hozirgi Nam- DU)ning rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi.
1989 yilda o‘qishni tamomlab, Namangan tumanidagi 34 - o‘rta maktabda rus tili fani o‘qituvchisi lavozimida ish boshladi.
1990 — 1991 yillarda Namangan davlat pedagogika institutida boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida o‘qituvchilik qildi.
1991 — 1993 yillarda Moskva davlat pedagogika universitetida ilmiy izlanishlar olib borib, 1993 yilda “Pedagogika tarixi va nazariyasi” yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1993 yildan 1998 yilgacha NamDUda katta o‘qituvchi lavozimida ishladi.
1998 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik pedagogika instituti chet tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
N. Usmonovaning 1993 yilda Moskva davlat pedagogika universitetida “Podgotovka studentov pedagogicheskix vuzov k rabote s roditelyami uchashixsya profesionalno - texnicheskix uchilivd” mavzusidagi monografiyasi chop etilgan.