Usmonova Shoira Jumabekovna 1964 yilda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani Baxt shaxrida tug‘ilgan. 1981 — 1986 yillar ToshDU (hozirgn O‘zMU) falsafa - iqtisod fakulteti psixologiya bo‘limini tamomlagan. Sh. Usmonova 1986 yildan buyon Guliston Davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
1993 yili Shoira Usmonovaning universitet Ilmiy Kengashida “Talaba intellekti diagnostikasi va dinamikasi” deb nomlangan ilmiy ishning mavzusi tasdiqlandi, 1994 yilda falsafa, chet tili, informatika va mutaxassislik fanlaridan nomzodlik imtihonlarini topshirdi. Dissertatsiya ishi tugallanib, kafedra muhokamasidan o‘tdi.
“Intellekt psixologiyasi”, “Muammoli ta’limni tashkil etish yo‘llari” o‘quv - uslubiy qo‘llanmalari, psixologiya fanidan sirtqi bo‘limlar uchun maxsus tayyorlangan uslubiy majmualar muallifi.
Shoira Usmonova darsda talabalarini zeriktirmaslikka, e’tiborlarini yanada jamlab, ziyraklik qilishlariga harakat qiladi. Ruhiyatshunoslikdan boxabar bo‘lgani bois xam mashg‘ulotlarida ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan unumli foydalanadi. Shu bilan talabalarning faolligini oshirib, fanni o‘zlashtirishda yuqori ko‘rsatkichlar olmoqda. Shoiraxon kafedra bilan maktab o‘rtasida aloqa o‘rnatishda ham faollik ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari Guliston Davlat universiteti xotin - qizlar Kengashi raisi, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifasini ham bajarmoqda.