O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Utamuradova Sharifa Bekmuradovna

    “Doimiy ravishda o‘z tajribasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy - nazariy darajasini oshirish ustida qat’iyat va sabr - qanoat bilan ishlaydi. Universitet, fakultet va kafedraning jamoat va ilmiy ishlarida faol ishtirok etadi”. Ushbu ijobiy fikrlar O‘zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti Yarim o‘tkazgichlar fizikasi labarotoriyasi mudiri Utanova Umida Bekmuradovna to‘g‘risida universitet rahbariyatini tavsifnomasidan olindi.
  Sharifa Utamurodova 1996 yildan laboratoriya mudiri muovini va laboratoriya mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
  2010 yildan jamoatchilik asosida O‘zMU AFI - TI kasaba uyushmasi byurosining raisi vazifasini bajarib kelmoqda.
  Hozirgi kunda Sharifa Utamuradova rahbarligida yarim o‘tkazgichlar fizikasining dolzarb muammolaridan biri - o‘stirish va diffuziya usullari bilan o‘tuvchi, qiyin eruvchi va noyob yer elementlari kiritilgan kremniydagi fizik jarayonlarni tadqiq etish va ular asosida turli xil diod va tranzistorlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Laboratoriyadagi tinimsiz izlanishlar natijasida bir nechta yarim o‘tkazgichli materiallarning narametrlarini o‘lchovchi sig‘imli va infraqizil yutilish metodlari takomillashtirildi va noan’anviy qirindilarni diffuziya qilish bo‘yicha ontimal haroratlar dipazoni aniqlangan.
  Hozirgi kunda Utamuradova Sharifa Bekmuradovna tomonidan 3 ta o‘quv qo‘llanma va 150 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan. U 50 dan ortiq chet el va respublikamiz ilmiy anjumanlarida ma’ruza bilan qatnashgan.
  Olima ko‘p yillardan beri yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasida dotsent lavozimlarida ma’ruza va laboratoriya darslarini magistratura talabalari uchun yuqori darajada olib bormoqda. U bir necha mahsus kurslar bo‘yicha fan dasturlarini yaratgan va shu kunlarda “Qattiq jismlar sirti fizikasi” bo‘yicha o‘quv - uslubiy majmuani yaratmoqda.
  Uning rahbarligida shu kungacha 20 ortiq bakalavriat va 10 dan orgiq magistratura talabalari malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini yuqori darajada himoya qilganlar. Ular qatoridan Sharifa Utamuradova ilmiy rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi va hozirgi kunda 3 nafar ilmiy izlanuvchilari doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar.
  Laboratoriya mudiri sifatidayarimo‘tkazgichlarga doir turli masalalarni holisona va o‘z paytida yechayotganligi sababli respublikamiz oliy ta’lim muasassalarida yarimo‘tkazgichlar fizikasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar (yosh olimlar) Sharifa Utamuradova bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
  Olima “3d - elementlari bilan legirlangan kremniydagi chuqur sathlarni hosil bo‘lishi mehanizmlarini tadqiq etish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va avtoreferatini to‘liq yozib tugatgan.
  Sharifa Utamuradovaning ilmiy izlanishlari ko‘lami keng bo‘lganligi tufayli, respublikamizda e’lon qilingan asosiy va amaliy byudjetlarga doir loyihalarida faol ishtirok etib, doimiy ravishda shu tanlovlarda g‘olib deb topilgan va bugungi kungacha turli ilmiy byudjetlarga rahbarlik qilib kelmoqda.
  Yarimo‘tkazgichlardagi nuqsonlarni tadqiq etish va ular tabiatini aniqlash borasidagi ilmiy izlanishlari bo‘yicha olgan natijalari faqat O‘zbekistonda emas, balki chet el olimlari tomonidan ham tan olingan, shu bois Utamuradova Sharifa Bekmuradovna yarimo‘tkazgichlar sohasi bo‘yicha yetuk olima sifatida keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda.
  Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zosi, AFITI kasaba uyushmasi byurosi raisi, yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasida ekspert seminar a’zosi sifatida ishlab kelmoqda.
  Sharifa Utamuradova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan, fizika fanini oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish va fizika kitobining yangi avlodini yaratish bo‘yicha tuzilgan guruh a’zosi.
  Utamuradova Sharifa Bekmuradovna har ishda tashabbuskor, jur’atli, to‘g‘ri so‘z, ma’naviy yetuk, mehribon, olijanob va g‘amxo‘r insondir. Oilali, uchta farzand va ikki nabirani tarbiyalab voyaga yetkazmoqda.     
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5