O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Utanova Umida Agzamxodjayevna

Utanova Umida Agzamxodjayevna     Falsafa fanlari nomzodi, dotsent, pedagog va olima Utanova Umida Agzamxodjayevna ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning Falsafa - iqtisod fakultetini tamomlab, ish faoliyatini Nizomiy nomidagi pedagogika oliygohida o‘qituvchilikdan boshlagan. 1997 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida davom ettirdi. Xuddi shu yillar Umida Utanovaning ilmiy qiziqishlari yo‘nalishini belgilab berdi: bo‘lajak olima madaniyat nazariyasi va tarixi masalalari bilan shug‘ullana boshladi. 2008 yil o‘zining tadqiqotlari natijasi sifatida “Mustaqil O‘zbekisgonda xalq madaniyatining ravnaqi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
  Dotsent Utanova Umida Agzamxodjaevnaning tadqiqot natijalari asosida ilmga qo‘shgan hissasi shundaki, undagi falsafiy xulosalar, ilgari surilgan fikrlar va yondashuvlar Madaniyat nazariyasi va tarixi, ijtimoiy falsafa, madaniyatshunoslik, antronologiya, etnologiya, etnografiya, san’atshunoslik, ma’naviyat asoslari kabi ilm sohalarini boyitadi. Izlanishlar natija - lari sifatida ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Resnublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, madaniyat va ma’naviyat muassasalari, xalq ijodiyoti uylari, xalq madaniyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy - tarbiya maskanlari foydalanishi mumkin.
  Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida xalq madaniyati muayyan bir xalqning uzoq ijtimoiy - tarixiy rivojlanishi jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarining yig‘indisi, dunyoni idrok etish, anglash va o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatida orttirgan ijtimoiy, gnoseologik tajribasi, o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi tasavvurlarining kvintessentsiyasi ekani asoslangan; o‘zbek xalqi madaniyatiga bir tomondan, tarixiy - madaniy paradigmani, o‘zakni asrab qolishga, ikkinchi tomondan, innovatsiya, modernizatsiyaga moyillik xosligi yoritilgan; mustaqillik yillaridagi xalq madaniyatining ravnaqi xalq bayramlari, san’ati, og‘zaki  ijodi, xalq o‘yinlari va tomoshalarini qayta tiklash kabi etnomadaniy hayotdagi o‘zgarishlarda kuzatilayotgani ochib berilgan; mustaqillik etnomadaniy merosga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish, milliy qadriyaglar va ma’naviyatni qayta tiklash, an’anaviy axloqiy madaniyatni mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish  uchun zarur imkoniyat yaratayotgani ochib berilgan.
  Olima ayni yo‘nalishda yozilgan 1 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 40 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi konferentsiya hamda OAK tasarrufidagi jurnallardagi 20 ta maqolalar muallifi.
  Dotsent Utanova Umida Agzamxodjaevna 2010 yil Kamodshddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimiga tayinlandi, ilmiy ishlar prorektori etib tayinlandi. Umida Utanova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda, bakalavr va magistr talabalariga falsafa, etika, estetika, mantiq, ma’naviyat asoslari, ilmiy ijod metodologiyasi kabi fanlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi. Talaba yoshlarni ilmga yo‘naltirishda faollik ko‘rsatmoqda. Mana bir necha yildirki magistr talabalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “San’at yoshlar nigohida” nomli konferentsiyasining tashkilotchisi.
  Umidaxon oilali, ikki farzandning onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya10