Tarix fanlari doktori
1930 yil 1 mayda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.1959 yilda O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 - 1960 yillarda “O‘qituvchilar gazetasi” da adabiy xodim bo‘lib ishlash bilan birga, maktabda ona tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 1960 - 1966 yillarda O‘zR FA Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.1967 -1974 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida dotsent, so‘ngra chet tillar fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qilgan. 1972 - 1974 yillar davomida institutning katta ilmiy xodimi bo‘lgan. 1976 yildan Toshkent davlat teatr instituti, keyinchalik Toshkent davlat jahon tillar institutida ishlagan.
G‘. Uzoqovning ilmiy izlanishlari o‘zbek dialektologiyasiga qaratilgan edi. U 1966 yilda K. K. Yudaxin rahbarligida “O‘zbek tilining janubiy Farg‘ona shevalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1969 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi. H. Uzoqov keyinchalik o‘z ilmiy faoliyatini O‘zbekiston tarixi sohasiga yo‘naltirib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.