Uzoqova Gulnoza Saydullaevna 1966 yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qorabog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. 1973—1983 yillarda u Qamashi tumanidagi 3-o‘rta maktabda o‘qigan. 1984 1988 yillarda Qarshi Davlat pedagogika institutiniig fizika fakultetida taxsil olgan. Mehnat faoliyatini 1988 yilda mazkur institutning «Fizika o‘qitish metodikasi» kafedrasida katta laborant vazifasidan boshlagan. 1991-1993 yillarda shu kafedrada o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 1993—1995 yillarda kafedra tadqiqotchisi sifatida O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida stajirovka o‘taydi.
1995 yil sentyabrdan Qarshi Davlat Universiteti huzuridagi aspiranturaning kunduzgi bo‘limida fizika o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tahsil olib, 1998 yil pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi.
2000 yil sentyabrdan boshlab Qarshi Davlat universiteti fizika-matematika fakultetining «Umumiy va eksperimental fizika» kafedrasida dotsent vazifasida, 2003 yil dekabr oyidan esa shu kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatmokda.
Ilmiy tadqiqot ishi mavzusiga oid ikkita metodik qo‘llanma, uchta metodik tavsiyanoma, to‘rtta fan bo‘yicha ma’ruza matnlari va o‘ttizga yaqin ilmiy-uslubiy maqolalari chop etilgan. Uning rahbarligidagi kafedra ustoz-muallimlari ham sidqidildan ishlayotgan, izlanayotgan fidoyilardir. Gulnoza Saydullaevna o‘ziga nisbatan qanchalar talabchan bo‘lsa, atrofdagilardan ham shunchayin tirishqoqlikni, ilmparvarlikni talab qiladi. Rahbar ayol o‘zining iffatiyu nazokati, ish bilarmonligi bilan bir qatorda kezi kelsa qattiqqo‘l, qat’iyatli bo‘lmog‘i darkor. Gulnoza Uzoqova ana shu ishlarni egalagan olima.
U baxtiyor oilaning bekasi. Turmush o‘rtog‘i, qizi Eliza, o‘g‘li Bexruzbek ila shiringiia yashashmoqda.