O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Vahobova Firuza Narimonovna

Vahobova Firuza Narimonovna    Vahobova Firuza Narimonovna 1963 yilda Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tavallud topgan.
  1970 yilda Chilonzor tumanidagi 79 - sonli maktabning birinchi sinfga qadam qo‘ygan. Maktabni 1980 yilda bitirib, Nizomiy nomli Tongkent Davlat pedagogika institutining maktabgacha tarbiya fakulteti sirtqi bo‘limiga kiradi. Shu davrda onasi tarbiyachi lavozimida ishlagan 336 - sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga enaga bo‘lib ishga kirdi. Kun o‘tmay bog‘cha rahbariyati uni ilk yoshli guruhga tarbiyachi lavozimiga o‘tkazdi. Bolalarni sevish, o‘z ustida doimo ishlash, o‘ta mas’uliyatlilik kabi fazilatlarga ega ekanligi uni ota - onalar va pedagogik jamoa orasida tezda hurmatga sazovor bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
  1985 yili F. Vahobova 286 - sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga hamda 1987 yilda Chilonzor tuman Xalq ta’limi bo‘limiga uslubchi lavozimiga tayinlandi. Ushbu faoliyati davomida Vahobova tumanda uslubiy ishlarning yangi ko‘rinish va yo‘nalishlarini tizimga solib, amaliy va nazariy seminarlar shaklida shaharda ommalashtirgan.
  1992 yili Firuza Vahobova Toshkent shahar Xalq ta’limi Bosh boshqarmasining maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Faoliyatining birinchi yilidayoq respublikada birinchi bo‘lib “Bog‘cha – maktab” majmuasini tajriba sifatida tatbiq etdi va bu tajriba yuqori baholandi.
  1994 yilda Toshkent shahar Xalq ta’limi Bosh boshqarmasining “Xalk ta’limi fidoyisi”, 1995 yilda esa, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak  nishonlari bilan taqdirlangan.
  1999  yilda uning tashabbusi bilan Respublikada birinchi marta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tajriba - sinov tariqasida tashkil etildi.
  2000  yilda O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy ishni himoyalab, psixologiya fanlari nomzodi unvonini olgan.
  F. Vahobova 2004 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
  U oilali, turmush o‘rtog‘i - xususiy tadbirkor, uch nafar farzandi, uch nafar nabirasi bor. Farzandlari onasi izidan bormoqda: qizi Nargiza Toshkent Davlat pedagogika universitetini tugatgan, ayni paytda “Bolalar saltanati” nomli xususiy bog‘cha rahbari, Jamshid - O‘zMUning psixologiya fakultetini tugatgan. Javlon — Moliya oliygohining talabasi.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5