Fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent
1939 yil 22 dekabrda Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug‘ qishlog‘ida tavallud topgan.1963 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti fizika fakultetida o‘qishni tamomlab , 1964 - 1966 yillar davomida ushbu fakultetda katta laborant lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 1966 - 1971 yillar davomida Farg‘ona shahridagi furan birikmalari nazariyasi laboratoriyasida katta ilmiy xodim, 1971 - 1972 yillarda Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 43 - o‘rta maktabda fizika o‘qituvchisi, 1972 - 1977 yillarda FDPI umumiy fizika kafedrasida katta laborant bo‘lib mehnat qildi. 1977 - 1986 yillari mehnat ta’limi va fizika metodikasi kafedrasida o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimida ishlash bilan birgalikda ilmiy tadqiqotchi sifatida ilmiy ishlar olib bordi.
Q. Vaxobov tashabbusi va rahbarligida 1986 Yili FDPI fizika fakulteti qoshida informatika va hisoblash texnikasi kafedrasi tashkil etildi hamda u kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 1993 yilda kafedra dotsenta ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘ldi. U 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.
Q. M. Vaxobov 2004 Yili 27 fevral kuni 64 yoshida vafot etdi. Uning hisoblash markazi hamda informatika va hisoblash texnikasi kafedrasini tashkil qilish, rivojlantirish sohasidagi izlanishlari, “Kompyuter savodxonligi” kurslarini tashkil etish va boshqarish sohasidagi kamtarona mehnatlarini hamkasblari, shogirdlari hurmat bilan eslaydilar.